Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sietlda olib qochilgan samolyot kimsasiz orolga quladi

Foto: REUTERS / John Waldron
Bugun AQShning Sietl shahridagi Takoma xalqaro aeroportidan o‘zini «singan yigit» deb atagan Horizon Air aviakompaniyasi ishchisi ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan Bombardier Q400 samolyotini olib qochib ketgan haqida xabar bergan edik.
Ismi oshkor qilinmayotgan 29 yoshli uchuvchi boshqargan, 76 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan samolyot Pyujyet qo‘ltig‘i uzra parvoz qilgan. Samolyotning parvoziga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, u osmonda xavfli figuralar yasagan. Samolyotni dispetcherlarning ruxsatisiz olib qochgan shaxs aviakompaniya xodimi bo‘lib, u samolyotlarga yerda xizmat ko‘rsatib kelgan.
Samolyot parvoz uchun ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tgach, Portlenddagi harbiy havo bazasidan ikkita F-15 qiruvchi samolyoti «yerdagi insonlarni himoya qilish uchun» osmonga ko‘tarilgan va Bombardier’ni kuzatib borishgan.
Bombardier Q400 parvoz qilganidan bir yarim soat o‘tib, u Pyujyet qo‘ltig‘idagi kimsasiz orolga qulagan. Uning qulashiga nima sabab bo‘lganiga hozircha aniqlik kiritilmayapti. Samolyot halokati natijasida yerda jabrlanganlar haqida ham ma'lumot yo‘q. Sherif vakilining aytishicha, uchuvchida o‘z joniga qasd qilish istagi bo‘lgan va sodir bo‘lgan voqeaning terrorizmga aloqasi yo‘q. Mazkur voqea Federal qidiruv byurosi tomonidan surishtiriladi.
«Ko‘plab insonlar men uchun qayg‘urishadi. Ular mening bu ishga qo‘l urganimni eshitishsa hafsalasi pir bo‘lishi turgan gap. Men ularning har biridan kechirim so‘ramoqchiman. Shunchaki, ikki parrak o‘rtasidagi singan bir yigitman», — degan samolyotni olib qochgan shaxs dispetcherga.
Samolyot halokatga uchragach, Horizon Air kompaniyasi rahbari Konstans fon Myulen shunday degan:
«Bizning qalblarimiz — halok bo‘lgan yigitning oilasi, shuningdek, Alaska Air va Horizon Air’ning barcha xodimlari bilan».
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi
Jahon | 20:49
-
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi
Jahon | 20:30
-
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi
Jahon | 20:11
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

22:13 / 19.12.2023
Samolyot parvozi paytida qanday kasalliklar kuchayishi mumkinligi aytildi

14:45 / 06.09.2023
Toshkent va Sietl birodarligiga 50 yil to‘ldi

11:34 / 04.06.2023
«Samolyotga chaqmoq tekkanda onam hammasi tamom degandi» - aviahalokatdan so‘ng 3 ming metrdan qulagan qiz qanday tirik qolgandi?

13:37 / 06.05.2023