Fudtex: million ishlab topish uchun tadbirkor qaysi yo‘nalishni tanlashi lozim?
Oziq-ovqat texnologiyalari (fudtex) odamning birlamchi ehtiyojlarini raqamli relslarga o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, bu sanoat faqat olti yil avvalgina jiddiy rivojlanishni boshladi. Ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalar, yetkazib berish va taom tayyorlashni olib kelayotgan startaplar venchur kapitalistlarning “ushlab turish” refleksini rivojlantirishmoqda: bozor o‘smoqda, pitssa qutisi ostida navbatdagi “yakkashohni” topib olish uchun barcha imkoniyat mavjud.

“Taom partiyasi” ijrochi direktori Mixail Peregudov oziq-ovqat texnologiyalarida nimalar sodir bo‘layotgani va soha kelajagi qanday bo‘lishi haqida so‘zlab beradi.
Sohadagi investitsion vaziyat
2018-2023 yillardagi “Oziq-ovqat atrofidagi” texnologiyalari dunyo bozori Research N Reports prognozlariga qaraganda yiliga 6 foiz qo‘shib borishini va'da qilyapti. Pitchbook ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning dastlabki besh oyida dunyo fudtex sohasiga 1,3 milliard dollar sarmoya kiritilgan. 2016-2017 yillardagi bu ko‘rsatkich birgalikda qo‘shib hisoblanganida, segmentga kiritilgan jami sarmoya 1,5 milliard dollardan oshmagan.
Fudtex xalqaro yetakchilaridan biri restoranlardan taom yetkazib beruvchi nemis servisi Delivery HeroIPO vaqtida 4,5 milliard yevro qiymatidagi baholanishga ega bo‘ldi. Bir yil o‘tgach, 2018 yil iyul holatiga ko‘ra, uning kapitalizatsiyasi deyarli ikki baravar ko‘proq.
2017 yilda PepsiCo oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq texnologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida korporativ akseleratorga asos soldi. Mail.ru Group esa bu sohaga kirish uchun ushbu yilda bo‘linma tashkil etdi.
Sanoatni shaffof qilish
Zamonaviy iste'molchilar shisha devorli uylarda yashashga tayyor bo‘lmasalar-da, fabrika va logistik xablar devorlari shishadan bo‘lishini istaydilar. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zlari iste'mol qiladigan yegulik ishlab chiqarilishining jami jarayonlarini nazorat qilish ehtiyojini bildirmoqdalar. Nazorat qilish:
ingridiyentlarning kelib chiqishi haqida ma'lumotga ega bo‘lish;
mahsulot qayerda va kim tomonidan ishlab chiqarilganiga ishonch hosil qilish;
ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalari va xulq-atvor normalariga rioya etilganini bilish;
mahsulot qanday yaratilganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish.

Sanoatni har tomonlama nazorat qilish uchun instrumentlar to‘plami Shveytsariya kompaniyasi Ambrosus tomonidan taklif etilmoqda. U p2p-marketpleysni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, uning doirasida oziq-ovqat mahsulotlari haqida barcha bosqichlarda aniq va rost ma'lumot olish mumkin.
Ulardan keladigan ma'lumotlar (xususan, atrof-muhitning havo harorati va namligi haqida) tizim bo‘ylab shifrlanadi va tarqaladi. Identifikator yordamida mahsulot bilan nima yuz bergani va berayotganini aniqlash mumkin.
Oziq-ovqat sanoatidagi zanjirning muayyan qismlari o‘rtasidagi kuchsiz “bog‘liqlik” ularning ko‘pchiligiga zarar keltiryapti. Masalan, ma'lumot yetishmasligi sabab fermer xo‘jaliklaridagi yerlarning 20 foizigacha foydalanilmay qolyapti. Biroq “qaynoq mavsumda” ular tomonidan yetishtirilgan mahsulotning 10 foizi o‘g‘itga ketadi. Ishlab chiqaruvchi, kontragent va yakundagi iste'molchilarni blokcheyn-platformalar yordamida bevosita bog‘lang. Shu yo‘l bilan o‘sha fermerlarga o‘z hosili bo‘yicha rejalaridan kelib chiqib, xaridorlarni topish oson bo‘lib, talab va savdolarni prognozlashtirishda yordam beradi.
Ilm-fan bo‘yicha taom tayyorlash
Texnologik sanoat iste'molchilar istaklariga sezgirlik bilan munosabat bildiryapti. Rivojlangan mamlakatlarda go‘sht va hayvon bilan bog‘liq mahsulotlardan voz kechish oraliqdagi tanlovga aylangani izsiz ketmadi. Ba'zilarni ratsionni ko‘rib chiqishga xulq-atvor bilan bog‘liq sabablar undasa, boshqalarni – salomatlik haqida g‘amxo‘rlik, uchinchi toifa uchun qoramol boqilishi sabab sayyoradagi 18 foiz bug‘ gazlari hosil bo‘lishi sabab muhim.
Global Data tahliliy kompaniyasida sun'iy go‘sht 2021 yilda supermarketlar peshtaxtalarida paydo bo‘lishiga ishonmoqdalar. Hayvon oqsiliga ommaviy maqbul variant bir necha startaplarga asos bo‘lishi aniq. Ular orasida qishloq xo‘jaligi giganti Tyson Foods, Bill Geyts va Richard Brenson sarmoya kiritgan Memphis Meats. Bu kompaniya hayvon hujayralaridan laboratoriya sharoitida “go‘sht“ yetishtiradi. 2016 yilda u probirkada yetishtirilgan qiymasini namoyish etdi va hozirgi vaqtda texnologiyani mukammallashtiryapti. Memphis Meats asoschilari go‘sht sanoati va qush yetishtirishni AQShning o‘zida mos ravishda 200 milliard dollar va 40 milliard dollarga aylantirishni maqsad qilishgan.
Segmentning istiqboli juda umidli: Research and Markets hisoblariga ko‘ra,2023 yilga kelib, go‘sht o‘rnini bosuvchilar bozori 6 millird dollargacha oshadi.
“Oziq-ovqat kashfiyotidagi” yana bir jozibali yo‘nalish — 3D-chop etish. Bozor trendlar aralashmasini xush ko‘radi. Masalan, oziq-ovqat qo‘shimcha. Multiple Labs Amerika startapi uch o‘lchamli chop etish texnologiya yordamida individual talabga qarab vitaminlar tarkibi “aralashmasi”ni taklif etyapti. Xap doridagi turli moddalar organizmga tushganida qanchalik tez chiqib ketishini loyihalashtirish ham mumkin.

Texnologiyadan kulinariyada ham foydalanish mumkin. Natural Machines ommaviy bozorga chiqarishga va'da berayotgan Foodini printeri turli mahsulotlar to‘plamidan tayyorlash murakkab bo‘lgan taomlar yasashga qodir. Istiqbolda 3D-chop etish texnikaga aynan sizga mos keladigan kaloriyali taomga “buyurtma berish” imkonini taqdim etadi. Xiaomi HiPee kabi “smart-shifokor” osib yuriladigan qurilmalari esa oziq printeriga tanangiz ehtiyojlariga ma'lumotlarni uzatadi. O‘z navbatida u sizning biometrik ko‘rsatkichlaringizga qarab taom “pishiradi”.
2024 yilga kelib ovqatni 3D-chop etish bozori har yili bir yarim baravar o‘sib, 400 million dollar darajasiga yetadi.
Logistikaning yangi formatlarini ta'minlash
Onlayn-servislar yordamida mahsulotlarni yetkazishga buyurtma berish – dunyo darajasidagi yirik soha. Forrester nashriyot agentligi 2022 yilga kelib, uning hajmi 334 milliard dollarga yetishini prognoz qilmoqda. Yaqin bir necha yil davomida u sifat jihatidan o‘zgarib, mijozlar xulqini o‘zgartiradi.
Dronlarga ko‘ngilochar o‘yinchoq sifatida qaraldi. Ularning b2c’dagi ommaviy salohiyati haqida ko‘proq nazariy bilimlar ilgari surilib, xayolga berilishdi. Ulkan o‘zgarish yuz beradiganga o‘xshaydi, bu esa fudtex orqali yuz berishi mumkin.
UberEats San-Diyegoda AQSh hukumati yordamida taomni dronlarda yetkazishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu esa dasturni sinovdan o‘tkazish ko‘rinishida amalga oshirilyapti. Servis rahbariyati uchuvchi apparatlar yetkazib berishni 5-30 daqiqada bajarishiga va'da berishmoqda.
Logistikani nafaqat b2c sohasida, sohaning b2b qismida ham o‘zgartirish mumkin. Bu borada Roambee kompaniyasi misoli diqqatga sazovor. Bu tizim “buyumlar interneti”ga asoslangan bo‘lib, bulutli platforma bilan bog‘liq tarzda real vaqt rejimida yuklar statusini osonlik bilan kuzatishga yordam beradi. Oziq-ovqat sanoati va mahsulot riteylida tovarlar tez o‘zgargani sabab bunday nazorat katta mablag‘ni tejashi mumkin.
Fudtex — shu qadar innovatsion sohaki, uning chegaralari batamom belgilanmagan. Har doim ham uni AgTech — agrosanoat didjitalizatsiyasi sanoatidan ajratib bo‘lmaydi. Yoki raqamli tibbiyotdan. Bunday o‘ziga xos biznes-model hali hech kim tomonidan o‘zlashtirilmagan ko‘p milliardli bozorga kirishi aniq.
Mavzuga oid

22:20 / 11.02.2025
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi faoliyati tiklanishi mumkin

12:20 / 04.02.2025
Oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

14:29 / 09.01.2025
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyog‘larni aniqlash boshlanadi

20:51 / 02.01.2025