Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Vikipediya”da O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘payadi

Foto: Wikipedia
Hukumat qarori bilan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi va uni amalga oshirishi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Kontseptsiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida axborotlashgan jamiyatni jadal shakllantirish, jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining veb-resurslarini fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va biznes tuzilmalarning intellektual va axborot ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish nazarda tutilgan, deb yozadi “Huquqiy axborot” kanali.
“Yo‘l xaritasi”da tegishli yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan turli chora-tadbirlar belgilandi.
Xususan, “Vikipediya” internet-ensiklopediyasini O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan to‘ldirish, uning o‘zbek tilidagi versiyasi mundarijasini boyitish, ijtimoiy tarmoqlarda “Virtual dunyoda O‘zbekiston muzeylari” loyihasini ishlab chiqish, yurtimizning global virtual makondagi turistik salohiyatini ta'minlashga qaratilgan “Visit Uzbekistan” (“Uzbekistan – your dreams”, “O‘zbekiston – orzuingizdagi mamlakat”, “Wonderful Uzbekistan”, “G‘aroyib O‘zbekiston”) kabi loyihalarni amalga oshirish vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan.
Sog‘liqni saqlash sohasida fuqarolarga masofadan tibbiy yordam ko‘rsatish va shifokorlarning, ayniqsa, qishloq joylarida faoliyat yuritishini ta'minlash uchun teletizimlarni joriy etish, onlayn-diagnostika faoliyatini yo‘lga qo‘yish singari chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

21:09 / 26.02.2025
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi

15:44 / 05.04.2024
Toshkent shahar hokimligi bir qancha loyihalar konsepsiyasiga 825 mln so‘m ajratdi

08:08 / 07.07.2023
1,1 mln gektar yerlarni foydalanishga kiritish konsepsiyasi qabul qilindi

11:36 / 01.03.2023