Integrallashtirilgan qo‘riqlash tizimlari Toshkent va Andijonda to‘liq ishga tushdi, navbat Qo‘qon shahriga

Foto: xdp.uz
Integrallashtirilgan qo‘riqlash tizimlari Toshkent shahrida to‘liq ishga tushdi, endilikda respublika bo‘ylab innovatsion qo‘riqlash modelini amaliyotga tatbiq ishlari boshlangan. Bu haqda IIV Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Toxiriddin Najimov xabar berdi.
Boshliqning aytishicha, shu yilning 27 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan tanqidiy fikrlardan so‘ng, xizmat faoliyati yanada jonlantirildi.
«Birinchi navbatda, «Xavfsiz xonadon» maxsus rejasi ishlab chiqilib, butun respublika bo‘yicha amalga kiritildi. Natijada so‘nggi hafta ichida 400dan ortiq xonadon yangidan qo‘riqqa olindi», deydi u.
Qo‘riqlash xizmatini ommalashtirish maqsadida, bir oylik xonadon qo‘rig‘i uchun narx 17 ming so‘m, tadbirkorlik obektlariga ko‘rsatiladigan texnik xizmat uchun soatiga 2355 so‘m narx belgilangan. Shuningdek, ushbu obektlarga signalizatsiya vositalari va boshqa jihozlar tekinga o‘rnatilishi aytilmoqda.
«Toshkent va Andijon shaharlarida texnik qo‘riqlash tizimi to‘liq zamonaviy integrallashgan, innovatsion texnologiyalarga o‘tkazildi. Hozirda ular orqali 5202ta obekt va 1370ta xonadon qo‘riqlanadi», deydi Najimov.
Uning aytishicha, ushbu qo‘riqlash tizimi tez kunlarda Qo‘qon shahrida ham amaliyotda joriy etiladi. Keyingi ikki yil davomida tizim butun respublika bo‘ylab yoyilishi bildirildi.
Ushbu muddat ichida 140ta avtomatlashtirilgan markaziy kuzatuv va xabar uzatish tarmog‘ini yaratish rejalashtirilgan. Bulardan 15tasi monitoring markazi va 125tasi texnik qo‘riqlash punktlarini tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bundesver o‘zining birinchi hududiy mudofaa bo‘linmasini tashkil qildi
Jahon | 15:32
-
Germaniyaning Ukrainaga yordami 3 milliard yevroga oshiriladi
Jahon | 15:27
-
Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi
Jahon | 15:03
-
🔴LIVE: Putinning og‘ir talablari va Trampning feyk tarqatishi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 14:37
Mavzuga oid

10:36
Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasida ko‘chat tashigan haydovchi ishdan olindi

16:57 / 10.03.2025
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin

20:43 / 28.02.2025
Qo‘qonda bank xodimlari moddiy yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirib yubordi

10:57 / 20.02.2025