O‘zbekiston | 14:29 / 02.08.2018
7204
1 daqiqa o‘qiladi

Veon’ning O‘zbekistondagi daromadi 10,3 foizga o‘sdi

Foto: Glassdor

Beeline’ning O‘zbekistondagi daromadi o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 10,3%ga oshdi va 635 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Veon xoldingi hisobotida aytilgan.

Mobil segmentdagi xizmat daromadi 10 foizga oshdi va 629 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bir abonent uchun o‘rtacha daromad ko‘rsatkichi 22 019 so‘mni tashkil etdi. Bir yil muqaddam bu ko‘rsatkich 19 847 so‘mga teng bo‘lgan.

Har bir abonent tomonidan qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha sarflangan o‘rtacha daqiqalar soni 568 daqiqani tashkil etdi (o‘tgan yili 578 daqiqa).

Shu bilan birga, Veon xoldingi 138 million dollar miqdoridagi ziyon haqida ma'lum qilgan.

Mavzuga oid