Bonuchchi «Yuventus»ga qaytdi

Foto: JuventusFC
«Milan» himoyachisi Leonardo Bonuchchi «Yuventus» klubiga qaytdi.
Futbolchi turinliklar qarorgohida tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, 5 yillik shartnomani imzoladi. Uning maoshi yiliga 5 million yevroni tashkil qiladi.
Bonuchchi 2017 yili «Milan»ga 42 million yevro evaziga o‘tgan edi. «Yuventus» uni qaytarib olish uchun himoyachi Mattia Kaldarani berdi. Turinga qaytish uchun Bonuchchi maoshining 2 million yevroga qisqarishiga ham rozi bo‘ldi.
2017/18 mavsumida Bonuchchi «Milan» tarkibida barcha musobaqalarda 52ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urdi.
Mavzuga oid

14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari

17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv

21:26 / 17.05.2024
«Yuventus» Allegrini iste’foga chiqardi

23:01 / 28.07.2023