Jamiyat | 14:31 / 01.08.2018
4120
2 daqiqa o‘qiladi

Hozirgi kunga qadar qancha xalq ta'limi mutaxassisi masofadan malaka oshirdi?​​​​​​​

Xalq ta'limi vazirligi tizimida masofadan malaka oshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30 iyundagi «Ta'lim sektorini rivojlantirish dasturi» loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 134-son, 2014 yil 15 avgustdagi «Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 234-son qarorlari va boshqa hujjatlar asosida tashkil etilgan.

Hozirgi kunga qadar 35 999 nafar umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilari, 2 583 nafar xalq ta'limi muassasalari rahbar va mutaxassislari jami 38 585 nafar xalq ta'limi xodimlari masofadan malaka oshirish kurslariga jalb etildi va kursni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikatlar berildi. Mazkur holat bo‘yicha asosiy ko‘rsatgichlarni qo‘yidagi diagrammadan ko‘rish mumkin.

2018 yildan boshlab maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vazirligi tizimiga o‘tkazilganligi sababli, joriy yilga avvalgi yillarga nisbatan keskin oshirilgan holda 2000 nafar xalq ta'limi muassasalari rahbar va mutaxassislar malakasini masofadan oshirish rejalashtirildi. Shundan joriy yilning birinchi yarimida 1454 nafari malaka oshirishga jalb etilgan bo‘lsa, qolgani yilning ikkinchi yarimida malaka oshirishi belgilangan.

Kelgusida malaka oshirish bilan birgalikda xalq ta'limi tizimi xodimlarini kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini rus va o‘zbek tillarida masofaviy shaklda tashkil etish hamda uzluksiz masofaviy metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish rejalashtirilgan.

 

Asqar Ibraymov,

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Mavzuga oid