O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasi bo‘yicha navbatdagi muzokaralarni o‘tkazdi

Foto: kazpravda.kz
2018 yilning 23-27 iyul kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston - Qozog‘iston muzokaralarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Delegatsiyalar tomonidan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini kelishish davom ettirildi, birgalikdagi dala tekshiruvlari natijalari ko‘rib chiqildi. Istiqbolda birgalikda o‘tkaziladigan dala tekshiruvlari Reja jadvali dastlabki loyihasi tayyorlandi.
Qayd etilishicha, muzokaralarning navbatdagi raundi O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025