O‘zbekiston | 08:11 / 25.07.2018
20721
1 daqiqa o‘qiladi

Chorvoq zamonaviy ekoturizm markaziga aylanadi

Foto: mice-uzbekistan.uz

“O‘zbekiston 24” telekanalida yana Chorvoqdagi noqonuniy qurilgan dala-hovlilar masalasi bo‘yicha lavha namoyish etildi. Unda internetda “Chorvoqdagi dala-hovlilar buzilayotgan emish” degan gap-so‘zlar tarqalgani, bu shov-shuv bugunning mavzusiga aylangani haqida so‘z boradi, deb yozmoqda O‘zA.

Lavhada Chorvoqdagi asl vaziyat qanday, dala-hovlilar nega buzilmoqda, buzilayotgan uylarning tovoni to‘lab berilyaptimi, degan savollarga javob axtarilgan, bo‘stonliklarning dardi tinglangan.

O‘tgan galgi lavhada Chirchiq daryosining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq shaharchasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida barpo etilgan noqonuniy qurilmalar, dala-hovlilar namoyish etilgan edi. Afsuski, vaziyatni yaqindan o‘rganishning imkoni topilmagani uchun ham davla-hovlilarning ichiga kirishning iloji bo‘lmagan edi. Bu galgi o‘rganishlarda tuzilgan ishchi guruhning sa'y-harakati bilan dala-hovlilar birma-bir ko‘zdan kechirilib, vaziyatga oydinlik kiritildi. 

Mavzuga oid