Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 22 ta oila yarashtirildi
19 iyul kuni Qibray tumanida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi va Oliy sud tomonidan imzolangan memorandumga asosan o‘tkazilgan tadbirda Toshkent viloyatidagi 22 ta oila yarashtirildi. Viloyat hokimligi manbasi KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar" dasturida belgilangan oilalar mustahkamligini ta'minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas'uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan o‘rnini targ‘ib qilish hamda jamiyatda fuqarolarning qonuniy haq-huquqlari so‘zsiz himoyalanishini ta'minlash maqsadida bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisining o‘rinbosari X.Yodgorov ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati xokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat fuqarolik sudi vakillari, hokim o‘rinbosarlari, xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, hududiy FHDYo bo‘lim mudirlari, "Oila" markazi rahbarlari, imom xatiblar, otinoyilar hamda ajrim arafasidagi oilalar ishtirok etdi.
Tadbirda nikoh munosabatlari, oilaviy masalalar yuzasidan sud qarorlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, tegishli fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 22 ta oila yarashtirildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi
Jahon | 20:49
-
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi
Jahon | 20:30
-
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi
Jahon | 20:11
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

14:25 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi

13:45 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi

15:28 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

14:14 / 18.07.2025