O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari o‘rtasidagi o‘quv mashg‘ulotining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegatsiyaning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat maxsus operatsiya kuchlari bo‘linmalarining “Yerik dala” hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Uni Qozog‘iston mudofaa vaziri general-polkovnik Saken Jasuzakov ham kuzatdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida Qozog‘iston va O‘zbekiston maxsus operatsiya kuchlari bo‘linmalari tomonidan tungi vaqtda o‘quv-jangovar razvedka harakatlari amalga oshirildi. Uchuvchisiz uchish apparati kompleksi yordamida o‘tkazilgan havo razvedkasi davomida 2500 metr balandlikdan shartli noqonuniy qurollangan guruh aniqlanib, bir juft Su-30 SM yordamida yo‘q qilindi. Shartli dushmanning ehtimoliy harakat marshruti yo‘nalishida 2000 metr balandlikdan maqsadli hujum uyushtirildi. Zarbalar, shuningdek, aviatsiya yordamida ham o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy harbiy okrugidagi “Forish” tog‘ dala o‘quv markazi bazasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Qozog‘iston mudofaa vaziriga iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni muntazam tashkillashtirib turish ikki mamlakat armiyasining rivojida ahamiyatli bo‘lishini ta'kidladi.
Tashrif davomida O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Qozog‘istonning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025