Toshkentning harakatlanish tiklangan ko‘chasida ikki tomonlama harakatga ruxsat berish ko‘rib chiqilmoqda
Toshkentning Maxtumquli ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga harakatlanish tiklangani haqida avval xabar berilgan edi. Endilikda, Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga harakatlanish, shuningdek, Maxtumquli ko‘chasida joylashgan Katolik cherkovi tomon qayrilib olishga ruxsat berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB saytida xabar qilinmoqda.
“Toshkent shahar IIBB YHXB qo‘shimcha qulayliklar yaratish va yo‘l harakatini tashkil etishni yaxshilash maqsadida Maxtumquli ko‘chasidan A.Qodiriy ko‘chasiga hamda A.Qodiriy ko‘chasida Maxtumquli ko‘chasiga ikki tomonlama harakatni tiklash, Maxtumquli ko‘chasida joylashgan Katolik cherkovi qarshisida qayrilib olishga ruxsat berish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatma. Xaritada och yashil tusda belgilangan yo‘l ochilgan, sariq rangdagi qismlari ko‘rib chiqilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

15:27
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025