Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FHDYo hujjatlariga doir ma'lumotlarni internet orqali olish imkoni paydo bo‘ladi
2021 yilgacha FHDYoning barcha arxiv hujjatlari elektron formatga o‘tkaziladi. KUN.UZ muxbiri Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulovning 4 iyul kuni Xalqaro Press-klubning "FHDYo: islohotlarning yangi sahifasi yohud byurokratiya va korrupsiyaga qarshi muhim qadam" sessiyasida bergan ma'lumotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Foto: Xalqaro Press-klub
Uning so‘zlariga ko‘ra, FHDYo arxividagi 60 millionga yaqin hujjatni elektron formatga o‘tkazishga kirishildi. Bugunga kelib 7 million hujjat raqamli formatga o‘tkazildi. 2021 yilgacha FHDYoning barcha arxiv hujjatlari elektron formatga o‘tkaziladi.
"Tug‘ilishni rasmiylashtirish yoki nikohni qayd qilish uchun FHDYo idoralariga murojaat qilib, zarur hujjatlarni to‘plash kerak bo‘ladi. Hozir boshqa viloyatda yashovchi kishi bilan oila qurish uchun o‘sha yerga borib murojaat qilishga yoki qandaydir ma'lumotlarni yig‘ib kelishga to‘g‘ri keladi. Elektron tizim boshqa sohalarda mukammal ishlamoqda, shu bois uni FHDYo tizimiga ham tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi", - deydi Akbar Toshqulov. Hujjatlarning elektron formatga o‘tkazilishi O‘zbekiston fuqarolarining FHDYo dalolatnomalari bo‘yicha ortiqcha ovoragarchiliklarni bartaraf etishga yordam berdi.
Shu tariqa O‘zbekiston fuqarolari FHDYo hujjatlariga doir ma'lumotlarni internet orqali olishlari mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

19:06 / 05.03.2025
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi

15:30 / 26.01.2025
Rossiyada hujjatlarini yo‘qotgan shaxslarning O‘zbekistonga qaytishiga ko‘mak berildi

07:30 / 15.03.2024
O‘zbekistonda ikki oyda qancha nikoh qayd etilgani aytildi

18:21 / 05.01.2024