Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Qoradori – 2018” tadbiri davomida 243 kilogramm narkotik moddalar olindi

Illyustrativ foto
“Qoradori – 2018” tadbiri davomida qariyb 1,5 ming kv.m yer maydonida yetishtirilayotgan giyohvandlik vositasi aniqlanib, yo‘q qilindi. Olingan narkotik moddalar miqdori 243 kilogrammni tashkil etdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Agentlik bu jarayonga doir qator misollarni keltirgan.
Xorazm viloyatida o‘tkazilgan “Qoradori –2018” tadbirida Bog‘ot tumanida yashovchi M.X. shaxsiy tomorqasida 3 ming 312 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlandi. Boz ustiga tomorqaning bir chetiga bekitib qo‘yilgan 10 kilogramm ko‘knori giyohvandlik vositasi borligi ham ma'lum bo‘ldi.
Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tadbirda esa Ishtixon tumanida yashovchi A.S.ning shaxsiy tomorqasida 375 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlandi. Bu fuqaro hovlisining tom qismiga 56 kilogramm ko‘knori giyohvandlik vositasini yashirib qo‘ygani ayon bo‘ldi.
“Qoradori – 2018” tadbiri davomida Farg‘ona viloyatining Rishton va Qo‘shtepa tumanlarida vertolyot yordamida nazoratli uchishlar amalga oshirildi. Rishton tumanida yashovchi I.Sh.ning shaxsiy tomorqasida ko‘knori giyohvandlik o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlandi. Uning omborxonasidan esa 1 kilogramm ko‘knori giyohvandlik vositasi olindi.
Tezkor ma'lumotlarga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi E.B. Qirg‘iziston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan 1 kilogramm gashish giyohvandlik vositasini 7 ming dollar evaziga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Navoiy va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan tadbir davomida Ishtixon tumanida yashovchi D.X. Navoiy shahrida 2,5 million so‘m evaziga 18 gramm marixuana giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlandi. Uning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda 245 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
«Qoradori – 2018» tadbiri davomida olib borilgan ishlar natijasida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq barcha aniqlangan holatlar jami 684 tani tashkil etdi.
Ushbu holatlar yuzasidan 550 nafar shaxs qo‘lga olindi. Tadbir davomida «Tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish holatlari» borasida so‘z borganda jami 406 holat aniqlangan bo‘lib, qariyb 1,5 ming kv.m yer maydonida giyohvandlik vositasi yetishtirilayotgani aniqlangan. Mazkur holatlar bo‘yicha olingan narkotik moddalar miqdori 243 kilogrammdan ziyodni tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Iqtisodni xalq salomatligidan ustun qo‘yishmasin” – zaharlanayotgan navoiyliklar haqida suhbat
Jamiyat | 16:21
-
Hafta davomida harorat o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:15
-
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:13
-
Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston | 15:15
Mavzuga oid

11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

14:40 / 06.03.2024
“Zamonaviylashayotgan” narkotik savdosi va iste’moli: xavotirli raqamlar

12:39 / 28.06.2022
Toshkentda 2 tonna narkotik yo‘q qilindi

20:45 / 21.02.2022