Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: Insoniyat intellekti avloddan avlodga pasaymoqda
Norvegiyalik olimlar Bernt Bratsberg va Ole Rojyeberg Milliy fanlar akademiyasida har bir avlod vakillari IQ-testlar bo‘yicha avvalgilariga qaraganda yomonroq natijalarni qayd etayotganiga doir hisobotni taqdim etishdi, deyiladi flashnord.com portalida.
O‘tgan asrning birinchi yarmida qayd etilgan ilmiy taraqqiyot odamlar yil sayin yanada aqlli va bilimli bo‘lib borishiga umid bergandi. Biroq ma'lum bo‘lishicha, IQ o‘sish sur'atlari qisqa muddatli bo‘lgan va bu, hoynahoy, aksariyat mamlakatlarda tibbiyot darajasi va oziqlanish sifatining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Hozir esa aks ta'sir kuzatilmoqda. Insoniyat aqliy salohiyati pasayib bormoqda.
Norvegiyalik olimlar 1970 yildan 2009 yilga qadar harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan 730 ming IQ-test natijalariga asoslanib, shunday xulosaga kelishgan. Kuzatuvlarga muvofiq, har bir avlod avvalgisiga nisbatan o‘rtacha 7 balldan yo‘qotgan.
O‘tgan asrdagi tengdoshlaridan farqli o‘laroq, zamonaviy yoshlar voyaga yetayotgan oilaning turmush darajasi intellekt rivojiga deryali ta'sir ko‘rsatmayapti. Har taraflama kompyuterlashtirish ko‘proq salbiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda: bolalar kitob o‘qish o‘rniga videoo‘yinlar o‘ynashmoqda.
Olimlar intellekt darajasining pasayishiga atrof-muhitning yomonlashuvi, o‘rta statistik insonning taomnomasida baliq miqdorining kamayishi ham ta'sir qilgan bo‘lishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya armiyasi Xarkiv markaziga zarba berdi
Jahon | 18:52
-
Odessa ramziga aylangan bozor zarba ostida qoldi – fotosuratlar
Jahon | 18:37
-
Sug‘urtada yangi davr: javobgarlik himoyasi ikki baravar oshirildi
Jamiyat | 18:31
-
Ukrainadagi namoyishlar ortidan antikorrupsiya organlariga yana mustaqillik berilishi mumkin
Jahon | 18:28
Mavzuga oid

13:53 / 22.07.2025
Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun havo mudofaasiga birgalikda to‘laydi

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

19:41 / 03.07.2025