O‘zbekiston | 19:30 / 16.06.2018
3850
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Dilshod Nig‘matullayevich Rasulov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri  Abdulla Aripov bu haqdagi tegishli qarorni 2018 yil 12 iyun kuni imzolagan.

Mavzuga oid