Eyfel minorasi o‘q o‘tkazmaydigan shisha bilan himoya qilinadi
Fransiya hukumati Eyfel minorasini o‘q o‘tkazmaydigan shisha bilan himoya qilmoqchi, bu ham turistik obektni, ham unga yaqin bo‘lgan hududni terrorchilik hujumlaridan asrash uchun amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda BBC.

Aniqlik kiritilishicha, qalinligi 6,5 sm bo‘lgan o‘q o‘tkazmaydigan shisha diqqatga sazovor joyni ikki tomondan himoya qiladi, boshqa ikki tomon esa metall panjara bilan o‘rab olinadi.
Telekompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, to‘siq yonida yana 420ta maxsus blok qo‘yiladi, ular odamlarni avtomobil hujumidan himoya qilishda qo‘l kelishi kerak.
Umumiy qiymati 35 mln yevro bo‘lgan bu konstruksiyalarning barini iyul oyi o‘rtalariga qadar o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Ta'kidlanishicha, hozirgi paytda minorani vaqtinchalik himoya to‘siqlari o‘rab turibdi, ular 2016 yilning iyulida o‘rnatilgan.