Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KUN.UZ tahririyati barchani Hayit bayrami bilan muborakbod etadi

Foto: Kun.uz
Muqaddas Ramazon oyi ortda qoldi. Bu oyda amalga oshirilgan barcha yaxshi amallar keyingi oylarda ham insonga kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlab turadi. Inson yil davomida Ramazon oyidan olgan ma'naviy foydalari sabab, o‘z hayotida yaxshiliklarni ko‘paytiradi, o‘zgalarga ham yaxshilik ulashishda bardavom bo‘ladi.
Bugun butun dunyo mo‘min-musulmonlari qatori O‘zbekiston ahli ham Hayit bayramini kutib oldi. Bu bayram mo‘minlar uchun quvonch kunidir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ummatga Islomning ikki ulug‘ bayrami xabarini berganlar: “Alloh taolo sizlar nishonlaydigan bu (johiliyatdan qolgan) ikki bayram o‘rniga yanada xayrlirog‘ini – Ramazon va Qurbon bayramlarini hadya etdi” (Abu Dovud rivoyati). Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlariga muvofiq bayram kunlarida mo‘minlik axloqiga xos bo‘lgan musulmonlar bilan salomlashish, diydorlashish, bir-birlarini qutlash, mehr-oqibat va saxovat ko‘rsatish kabi fazilatlar yorqinroq namoyon bo‘ladi.
Bu kunda qilinajak ishlarga Hayit namozidan so‘ng ota-ona va farzandlarga sovg‘a ulashish, do‘st-birodarlarni bayram bilan qutlash, qarindoshlar holidan xabar olish, bemorlarni yo‘qlash, ularga bayram hadyalari ulashish, xullas, inson ko‘nglini Alloh roziligi uchun ko‘taradigan har qanday yaxshi amallar kiradi.
Ammo shuni unutmaslik kerak-ki, Hayit bayramida ko‘ngilni xira qiladigan, kayfiyatni tushuradigan, bid'at bo‘lgan ishlarni bajarmaslik kerak. Masalan, ta'ziya ochish, isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yish, nikoh to‘ylari o‘tgan oilalardagi “yangi hayit”, “hayit yo‘qlovi” kabi marosimlar bid'atdan boshqa narsa emas. Unga ketadigan mablag‘larni va ne'matlarni muhtojlarga, faqir-miskinlarga, yetim-yesir, beva-bechoralarga tarqatish eng xayrli ish bo‘ladi.
Bu kun o‘zgacha kun. Bu kun keksalarning duosi ila fayzli, bu kun bolalarning kulgisi ila quvonchli, bu kun qilingan xayrli amallar sabab xotirjamlikda. Mana shunday damlar vatanimizning har kunida yashasin, har kunida balq urib tursin.
KUN.UZ tahririyati barcha yurtdoshlarimiz va xorijda yurgan o‘zbekistonliklarni kirib kelgan Hayit bayrami bilan qutlaydi. Yurt farovonligi davomiyligini, xonadonlarda qut-baraka, tinchlik-xotirjamlik bo‘lishini va keyingi yil ham muqaddas Ramazon oyini eson-omon kutib olishlikni tilaydi. Hayit – barchaga muborak bo‘lsin!
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:35
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11
-
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp
Jahon | 21:49
-
Kim Chen In Amerikaga qarshi urushda g‘alaba qozonishni va’da qildi
Jahon | 21:36
Mavzuga oid

17:44 / 25.03.2025
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda joriy Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi kutilyapti. 30 mart Hayit bo‘lishi mumkin

10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi

22:08 / 28.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

17:09 / 28.02.2025