“Neksiya-3”ni avtosalondan chiqarib berish evaziga 800 dollar olgan shaxslar ushlandi

Foto: Depositphotos
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda mahkama axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Marhamat tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. fuqaro Z.ga “Neksiya-3” avtomashinasini 15 kun muddatda tanishi B. orqali avtosalondan chiqarib berishi evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, fuqaro B.ga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A. va B.ga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:27 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?

21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi

11:39 / 24.02.2025
"Vijdon azobida qolib ketdim" - Samandar Hamroqulovning iqrori

22:38 / 14.02.2025