Xalqaro mehnat tashkiloti rahbari O‘zbekistonga keladi

Foto: EPA
Shveytsariyaning Jyeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan 107-Xalqaro mehnat konferensiyasi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashdi.
«Uchrashuvda janob Rayder O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligi va samaradorligi alohida ta'kidladi. Respublikada bolalar va majburiy mehnatga to‘liq barham berish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar alohida qayd etildi. Janob Rayder Xalqaro mehnat tashkiloti (HMT) va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida aholini munosib, to‘liq va samarali mehnat qilish tamoyillarini targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta'kidladi.
Uchrashuv davomida HMT Bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurishi ta'kidlandi. G. Rayder dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro mehnat konferensiya doirasida mamlakatimizga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
107-Xalqaro mehnat konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida bosh vazir o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norbayeva, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.Qudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisining o‘rinbosari B.Maxmadaliyev ishtirok etdi», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid

13:31 / 30.03.2020
Gay Rayder: COVID-19 iqtisodiy jihatdan qanchalik zaif ekanimizni ko‘rsatib berdi

14:07 / 14.12.2018
XMT rahbari: O‘zbekiston ham qishloq xo‘jaligida mehnat sharoitini yaxshilash buyicha ishlardan chetda qolmasligi kerak

23:06 / 13.12.2018
Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori O‘zbekistonga keldi

22:22 / 11.12.2018