Jahon | 00:36 / 29.05.2018
14571
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya prezidenti yuqori qavatdan qulayotgan bolakayni qutqargan muhojirga fuqarolik va'da qildi

Foto: twitter / Emmanuel Makron

Fransiya davlat rahbari Emmanuel Makron Yelisey saroyida kuni kecha yuqori qavatdan qulash xavfida bo‘lgan bolani qutqargan 22 yoshli malilik Mahmud Hassam bilan uchrashdi. Prezident muhojirni jasorat medali bilan mukofotladi va fuqarolik bilan bog‘liq masalani hal qilishga va'da berdi, shu bilan birga, unga doimiy asosda qutqaruvchi bo‘lib ishga joylashish taklifini berdi.

Yigit prezidentning taklifiga qanday javob bergani hozircha noma'lum.

26 may kuni kechqurun malilik yigit to‘rtinchi qavat balkonidan kichik bolaning osilib qolganini ko‘rgan va uni qutqarish uchun hech qanday himoyasiz yuqoriga ko‘tarilgan. Guvohlar voqeani videoga olishgan, matbuotda migrantga "haqiqiy o‘rgimchak-odam" deya ta'rif berishdi.

BFMTV radiostansiyasiga bergan intervyusida Mahmud hech nimani o‘ylashga vaqti bo‘lmagani, "shunchaki bolani qutqargani"ni aytgan. Bolakayning otasi uni xavf ostiga qo‘ygani uchun qo‘lga olingan, onasi esa voqea sodir bo‘lgan vaqtda shaharda bo‘lmagan. 

Parij meri Hassamga telefon orqali shaxsan minnatdorchilik bildirgan va ma'muriyat uning Fransiyada yashash istagini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlagan. 

Mavzuga oid