Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notariuslar xususiy bo‘ladimi?
Bu masalani adliya va moliya vazirliklari 2019 yil 1 iyulgacha hal etishlari kerak. Prezidentning 25.05.2018 yildagi «Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ana shunday vazifa topshirilgan, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, 2010 yilgacha mamlakatimizda davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar bilan bir qatorda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyat yuritgan. Biroq 2010 yil 15 maydan e'tiboran xususiy notariuslar tizimi tugatilgan. Bunga qonun bilan belgilangan normalarni jiddiy buzish, xizmat vakolatlaridan g‘araz maqsadlarda foydalanish holatlari sababchi bo‘lgan, bu oxir-oqibat «xususiy notarial idoralar atrofida kriminogen vaziyatning paydo bo‘lishiga» olib kelgan (5.05.2010 yildagi PF-4216-son Farmonga qarang).
Shunga qaramay, xususiy notariuslarning yo‘qligi boshqa turdagi muammolarni keltirib chiqardi. Notariat tizimi o‘ta byurokratlashib ketdi, uzundan-uzun navbatlar yuzaga keldi, davlat bojlari va to‘lovlar undirish shaffof bo‘lmay qoldi. Shu munosabat bilan 2017 yilda xususiy notariuslar institutini tiklash haqida gapirib qoldilar. Hatto Adliya vazirligi loyiha ishlab chiqdi, unga ko‘ra 2018 yildan boshlab barcha davlat notarial idoralari xususiy shaklga o‘tishlari kerak edi.
Biroq qaror qabul qilishga shoshilmadilar. Idoralarga ilg‘or xorijiy tajribani va milliy notarial amaliyotni chuqur o‘rgangan holda davlat notarial idoralarini faol nodavlat shakliga o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar kiritish vazifasi topshirildi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56
-
Tramp BRICS tashkilotiga tezda barham berish bilan tahdid qildi
Jahon | 21:18
-
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi
Jahon | 20:51
Mavzuga oid

15:35 / 17.07.2025
Toshkentda UzFace fuqarolarni aniqlash tizimi sinov tariqasida joriy etilishi mumkin

11:25 / 16.07.2025
Fuqarolarga ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ariza yuborish tartibi joriy qilinadi

07:34 / 12.07.2025
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

07:43 / 10.07.2025