Jamiyat | 17:22 / 25.05.2018
10795
6 daqiqa o‘qiladi

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish kiritiladi

Foto: Fotolia

Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi mumkin:

239-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi - Nodavlat notijorat tashkilotlari (diniy tashkilotlar bundan mustasno), shuningdek ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan (hisobga olinmasdan) faoliyatni amalga oshirishi;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi - Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda ular xodimlarining biror-bir siyosiy faoliyatda hamda vakolatxonaning yoki filialning ustavdagi maqsad va vazifalariga javob bermaydigan boshqa faoliyatda qatnashishi, ularning siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan o‘tkaziladigan amaliy harakatlar hamda tadbirlarni moliyalashtirishi, shuningdek bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishi va shunday tashkilotlarni tuzishni qo‘llab-quvvatlashi;

uchinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi - Nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan ramziy belgilarni ishlatishi;

to‘rtinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Nodavlat notijorat tashkilotlari (siyosiy partiyalar bundan mustasno), ularning vakolatxonalari va filiallari tomonidan tadbirlar o‘tkazilishi haqida adliya organlarini oldindan xabardor qilish tartibiga rioya qilmaslik, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari o‘tkazayotgan tadbirlarga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ vakilining erkin kirishini rad etish —“. Avvalgisi - “Nodavlat notijorat tashkilotlari (siyosiy partiyalar bundan mustasno), ularning vakolatxonalari va filiallari ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning roziligisiz tadbirlar o‘tkazishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari o‘tkazayotgan tadbirlarga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ vakilining erkin kirishini rad etish —”

to‘rtinchi qismining sanksiyasidagi “o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

beshinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi - Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlar fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning roziligisiz pul mablag‘lari va mol-mulk olishi;

oltinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi - Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi;

239-1-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi “o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi - Jamoat fondining har yilgi ma'muriy xarajatlarining jami summasini, shuningdek fondning vasiylik kengashi hamda taftish komissiyasi a'zolariga haq to‘lash hamda ularning o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilishni qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshirib yuborishi;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi - Jamoat fondining mol-mulkdan foydalanganlik to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni e'lon qilmasligi.

Mavzuga oid