Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Byudjyet tashkilotlarining vaqtincha bo‘sh mablag‘lari tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi qarori bilan Moliya vazirligi G‘aznachiligi vazirlikning Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish bo‘yicha yagona organ etib belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Qarorga ko‘ra davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjyetdan tashqari boshqa jamg‘armalar, shuningdek byudjyet tashkilotlari vaqtincha bo‘sh mablag‘lari tijorat banklari depozitlariga o‘zlari mustaqil yoki o‘z xohishlari bilan G‘aznachilik bo‘linmalariga buyurtnomalar taqdim etish yo‘li bilan joylashtirilishi mumkin.
Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan depozitlarga mablag‘larni joylashtirish mumkin bo‘lgan banklar tanlov asosida aniqlanadi.
Davlat byudjyeti mablag‘lari tijorat banklari depozitlariga bir moliya yili doirasida, davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjyetdan tashqari boshqa jamg‘armalar, shuningdek byudjyet tashkilotlarining byudjyetdan tashqari mablag‘lari esa 12 oygacha muddatda joylashtiriladi.
Davlat byudjyetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishga olingan daromadlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
80 foizi – respublika byudjyeti daromadiga;
20 foizi – moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarning moddiy rivojlantirish jamg‘armasiga.
Tijorat banklari depozitlarga joylashtirishgan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar, shu jumladan, foizlar o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda:
shartnomada belgilangan tartibda qarzdorlikni undiradi;
har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarz summasining
0, 033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayoni boshlandi
Ta’lim | 11:20
-
Yaponiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 11:19
-
Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 10:57
-
Lazer epilyatsiyasi teri saratonga sabab bo‘ladimi? Mutaxassislar javob berdi
Ayollar dunyosi | 10:51
Mavzuga oid

23:00 / 05.03.2025
Qator kompaniyalarga to‘lovlarni elektron shaklda ham qabul qilish majburiy deb belgilandi

11:19 / 04.10.2023
MB AVO bank’ga kreditlash va depozit operatsiyalarini amalga oshirishni taqiqladi

14:40 / 26.12.2022
SSP tomonidan tadbirkorlar va tijorat banklari o‘rtasidagi muammolarga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi

15:58 / 25.05.2022