Jahon | 23:00 / 22.05.2018
9795
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh koalitsiyasi Suriyada qurbon bo‘lgan tinch aholi sonini 10 barobar kamaytirishda ayblanmoqda

Foto: Joinfo

Britaniyaning IShID terrorchilari kuchlariga zarbalarni monitoring qiluvchi Airwars loyihasi AQSh boshchiligidagi koalitsiya xatti-harakatlaridan Suriya va Iroqdagi tinch aholi o‘rtasida sodir bo‘lgan qurbonlar «Vetnam urushidan buyon eng yomon» ekanligini aytib o‘tgan, deb yozadi The Guardian.

Tashkilotning baholashicha, 2014 yildan buyon koalitsiya zarbalari oqibatida tinch aholining 9600 nafar vakili yoxud fuqarolar ichida halok bo‘lgan 25 ming nafar aholi vakillarining uchdan bir qismidan ham ortiqrog‘i halok bo‘lgan. Bu raqam koalitsiyaning rasmiy raqamlari (883 nafar) dan 10 barobar ko‘proqdir. Shu sababli bu hol ekspertlarga Suriyadagi kampaniyani «AQSh tarixidagi eng noshaffof harbiy kampaniya» deb atashlariga sabab yaratgan.

Biroq, ekspertlarning fikricha, koalitsiya zarbalari natijasida oddiy fuqarolarning o‘limi ataylab uyushtirilmagan. Ular asosan terrorchilarning zich shaharlardagi nishonlariga jo‘natilgan yuqori aniqlikdagi qurollarning ortiqcha quvvati natijasida kelib chiqqan. Masalan, 2017 yilning 17 martida Iroqning Mo‘sul shahrida 105 kishining halok bo‘lishiga uylardan birining tomida turgan terrorchi snayperlarga qarata 500 funtli aviabomba ishlatilgani sabab bo‘lgan. Nishon aniq urilgan, biroq uyning pastki qavatlarida terrorchilar tomonidan «tirik qalqon» sifatida foydalanilgan ayollar va bolalar yashiringan bo‘lgan, deb yozadi The Guardian. Suriyadagi Raqqa shahrining to‘rt oy qamal qilinishida koalitsiya zarbalaridan 1400 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lgan, deb hisoblashmoqda ekspertlar.

Airwars’ning hisoblashicha, Suriyada 2015 yildan buyon o‘z kampaniyasini boshlagan Rossiya 7.000–11.000 nafar tinch aholining o‘ldirilishi uchun javobgar. Tashkilotning fikricha, bunga sabab Rossiya harbiy havo kuchlari tomonidan boshqarilmaydigan bombalarning haddan ziyod ko‘p ishlatilganidir. Yog‘dirilgan jami bunday bombalarning 95 foizi Rossiyaga tegishli bo‘lgan, AQSh koalitsiyasiga esa bor-yo‘g‘i 5 foizi taalluqli.

Mavzuga oid