Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
76 yoshli erkak Apple Watch tufayli o‘limdan qutulib qoldi
Yaponiyalik 76 yoshli Gaston D'Akino uning Apple Watch soati yurak urishi yuqoriligidan xabardor qilgandan keyin shifoxonaga murojaat qildi. Erkak bu vaqtda cherkovda bo‘lgan. U avval bu bilan bog‘liq muammolar haqida eshitgani sabab darhol shifoxonaga murojaat qilishga qaror qilgan. Shifokorlar unda o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan yurak xurujini bartaraf eta olishgan. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
EKG erkakda yuragi bilan jiddiy muammo borligini ko‘rsatgan. Shundan keyin shifokorlar qo‘shimcha tahlillar o‘tkazib, erkakning 3 ta yurak tomiridan 2 tasi to‘liq, 3-tomiri esa deyarli 90 foizga to‘silib qolganini aniqlashgan. Bu esa o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan.

Erkakning aytishicha, u bungacha kardiologga murojaat qilgan. Kardiolog unga qand kasalligi, yuqori darajadagi xolesterin va qon bosimidan dorilar yozib bergan, biroq uning yuragida jiddiy muammolar borligiga hech narsa ishora qilmagan. Erkak shifoxonada ko‘rikdan o‘tkazilgandan keyin angioplastika – yurakka qon oqimini to‘silib qolgan tomirlarga kichik stentlar joylashtirish orqali tiklash amaliyotiga rozi bo‘lgan.
Ertasi kuni qariya uyiga qo‘yib yuborilgan. Uning aytishicha, u o‘zini ancha yaxshi his qilgan.
“Yangi hayotga imkon olish ajoyibdir. Sen ertalab uyg‘onib, atrofga qaraysan va hammayoq yanada go‘zalroq ko‘rinadi. Bir necha kun ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lish ajoyib hisdir”, deb aytgan qariya.

Erkak Apple rahbari Tim Kukka elektron pochta orqali maktub yo‘llagan. U maktubida soat o‘sha kuni u hali hech narsani his qilmasidan unda yurak tez urishi haqida ilk bor ogohlantirganini ma'lum qilgan.
Erkak Kukni Apple Watch’ni yuragi bilan muammolarga ega odamlar uchun mo‘ljallangan qurilma sifatida reklama qilishda davom etishga chorlagan. Kuk javob xatida qariyaning hozirgi holati yaxshiligini eshitishdan xursandligini va bunday voqealar “Apple’ni yanada shijoat bilan ishlashga ilhomlantirishini” aytgan.
Yurak tez urishidan ogohlantiruvchi funksiya watchOS 4’da paydo bo‘lgan. Bu funksiya yoqiq bo‘lganda, soat egasining tinch holatda yurak urishi ma'lum ko‘rsatkichdan oshib ketsa, bu haqda uni ogohlantiradi. Ushbu funksiya Series 1 va undan yangiroq barcha Apple Watch’larda ishlaydi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
-
Xonoboddagi festivalga sarflanayotgan milliardlar: Viloyat hokimligi izoh berdi, antikorrupsiya agentligi o‘rganish o‘tkazadi
O‘zbekiston | 14:48
-
IShID yetakchilaridan birini o‘ldirgan AQSh, cho‘kib ketishiga sal qolgan Ramzon Qodirov va G‘azoda davom etayotgan fojia – kun dayjesti
Jahon | 14:36
Mavzuga oid

17:43 / 22.03.2025
Apple buklanuvchan va ikki ekranli Apple Watch uchun patent oldi

15:21 / 19.12.2024
Xitoyda o‘g‘lining uy vazifalariga yordamlashayotgan ota infarktga chalindi

16:41 / 08.10.2024
Apple aqlli soatlari kasallikni bir necha kun oldindan prognoz qila olishi ma’lum bo‘ldi

00:33 / 05.10.2023