Nukusda sotuvchisi yo‘q, antiqa suv sotish qurilmasi ishga tushdi
Nukus shahrida sotuvchisi yo‘q, tozalangan suv sotish qurilmasi ishga tushdi. Bu haqda Kruz xabar bermoqda.
Ushbu qurilmaning antiqaligi shundaki, tozalangan suvni do‘konlardagi kabi sotuvchilar sotib o‘tirishmaydi. Pulingiz va suv soladigan idishingiz bo‘lsa bas. Qurilmada yozilishicha, 1 litr tozalangan suv 200 so‘m ekan.
Faqat qurilma 200 so‘mlik kupyuralarni qabul qilmaydi va qaytim ham qaytarmaydi. Qurilma faqat 500 so‘m, 1000 so‘m va 5000 so‘mlik kupyuralarni qabul qiladi.

Mavzuga oid

12:23
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 2 mlrd kub metrdan ortiq suv yetkazib berdi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

08:00 / 18.02.2025
Nukus ko‘chasida Lacetti va Malibu-2 o‘zaro to‘qnashdi

17:35 / 12.02.2025