Jahon | 09:55 / 09.05.2018
8658
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti AQShni psixologik urushda aybladi

Foto: REUTERS

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, AQSh yetakchisi Donald Trampning yadroviy bitimdan chiqish to‘g‘risidagi qarori Eron hukumatiga qarshi psixologik urushning bir qismi sanaladi. Shuningdek, uning umid bildirishicha, Amerika tomoni unda muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Tramp qilayotgan ish, psixologik urush va iqtisodiy bosimdan boshqa narsa emas. Biz Trampga psixologik urushda yoki Eron xalqiga iqtisodiy bosim o‘tkazishda muvaffaqiyat qozonishiga yo‘l qo‘yib bermaymiz», - deya aytib o‘tdi Ruhoniy Eron xalqiga yo‘llagan murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml AQSh Eron bilan yadroviy bitimdan voz kechsa, Putin qaror qabul qilishi haqida bayonot bergandi.

Mavzuga oid