Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ro‘mol va ibodat libosi: masalaga kim oydinlik kiritadi?

Foto: muslim.uz
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Islomda «ibodat libosi kabi tushuncha yo‘qligi»ni bildirdi. Shu o‘rinda qonunchilikda nazarda tutilgan holat, ya'ni musulmonlar uchun ro‘mol va boshqa kiyimlarni ibodat libosi sifatida qabul qilmaslikni so‘rab, qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilishini taklif qilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Islomda bunday tushuncha yo‘q, kishining avrati yopiq bo‘lishi so‘raladi. Qanday kiyimda bo‘lsa ham, ibodat uchun [mos va pokiza] bo‘lishi so‘raladi. Shuning uchun bu terminlarni (ibodat libosi - tahr.) qayta ko‘rib chiqish kerak. U ibodat libosi degan terminni muomaladan chiqarib tashlash lozim», – deydi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov.
Ma'lumot uchun, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunning 14-moddasida diniy urf-odatlar va marosimlar haqida so‘z boradi. Unda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aynan shu nuqtayi nazardan qaralganda, ayollarning ro‘mol o‘rab jamoat joyida yurishi, davlat tashkilot va idoralarida mehnat qilishiga norasmiy taqiq joriy etilgan. Ushbu holatga mutasaddilar ikki yo‘l bilan javob berishi mumkin: jamoat joyida ibodat libosida yurish mumkin emasligi yuqorida qayd etilgan modda bilan taqiqlangan. Yoki tashkilot xodimlarining axloq-odob, mehnat qilish ichki tartib qoidalariga ko‘ra, xodim ish joyida bosh kiyimsiz, belgilangan tartibdagi ish libosida yurishi lozim. Vaziyatdan oydinlashadiki, vijdon erkinligi kabi konstitutsion huquq va e'tiqod erkinligi quyi hujjatlar bilan moslashtirilmagan.
Muftiy Usmonxon Alimov ta'kidlaganidek, Islom dinida «ibodat libosi» degan tushuncha mavjud bo‘lmasa, (chunki dinda har qanday kiyim bo‘lsa ham, belgilangan tartibga ko‘ra kiyinish odobi ko‘rsatilgan) tegishli qonunlar yangi tahrirda qabul qilinishi lozim. Xuddi shu farazni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriyman Abulhasan ham tasdiqladi.

«Tez orada bu masalaga nuqta qo‘yiladi: «ibodat libosi» tufayli turli tushunmovchiliklar yuz bermaydi», deydi u.
Nuriyman Abulhasanning aytishicha, ro‘mol o‘rab yurish bo‘yicha hech qanday taqiq mavjud emas. Ko‘chada minglab ayollar erkin o‘zi istagan libosda yurishi uchun O‘zbekistonda barcha sharoit bor. Biroq, Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Oq oltin shaharchasida istiqomat qiluvchi N.Sh. jamoat joyida ro‘mol o‘rab yurgani uchun huquqbuzar sifatida ma'muriy javobgarlikka tortilgani haqida maqola e'lon qilingandi. Bundan tashqari, Namangan viloyatida kollej talabasidan ro‘molini yechishni so‘ragan Yoshlar ittifoqi yetakchisining harakatlari ham katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Masala hamon ochiq qolmoqda: yangi tahrirdagi qonunda ibodat libosi tushunchasi olib tashlangan taqdirda ham, ish va o‘qish muassasalarida, umuman kundalik hayotda musulmon kishining haq-huquqlari to‘liq himoya qilinadimi, buni vaqt ko‘rsatadi.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

19:23 / 14.06.2025
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi

16:09 / 03.05.2025
2025 yilgi Haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

14:40 / 01.03.2025
Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi

20:00 / 28.12.2024