Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nasldor chorvachilik uchun ko‘proq yer beriladi

Foto: Fotolia
Yer kodeksi va «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Birinchidan, fermer xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yerlar toifasidan qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining, shu jumladan qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotganlarining yer uchastkalari chiqarib tashlandi.
Mamlakatda past rentabelli va istiqbolsiz qishloq xo‘jaligi kooperativlarini qayta tashkil etish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, ular egallagan yer uchastkalari esa fermer xo‘jaliklariga berilmoqda. Biroq yaqinda ishlab chiqilgan «Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi davlat iqtisodiy faoliyatning ushbu shaklini qayta tiklamoqchi ekanligidan dalolat beradi.
Shu tariqa, fermer xo‘jaliklari yuritish uchun bundan buyon faqat zaxira yerlar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ajratiladi.
Ikkinchidan, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining faoliyati tartibga solindi. Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda ko‘p tarmoqli faoliyatni o‘zlashtirmagan fermer xo‘jaliklari bilan yerni ijaraga olish shartnomalari bekor qilinadi.
Ularda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga uni qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va taqiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanadilar.
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritadi (buning tartibi Hukumat tomonidan belgilanadi).
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining uchastkasi zaxira yerlarga olib qo‘yilganda u tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin.
Uchinchidan, yer uchastkalari o‘lchamlariga va ularni fermerlarga berish tartibiga tuzatish kiritildi. Chunonchi, nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklariga bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,5 gektardan hamda boshqa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda 0,6 gektardan ajratiladi.
Bundan tashqari, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun uchastkaning eng kam maydoni 10 gektarni tashkil etadi, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun esa kamida 1 gektardan 5 gektargacha bo‘lgan chegara belgilandi (hozir – kamida 5 gektar).
Yer berish mexanizmi quyidagicha bo‘ladi. O‘tkazilgan tanlov yakunlariga ko‘ra yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori, uning asosida – tuman hokimining qarori qabul qilinadi.
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat komissiyalari endi tuman hokimlarining qarorlarini tasdiqlamaydilar. Tegishincha faqat bevosita tuman hokimining rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki yuqori turuvchi organga shikoyat qilish mumkin bo‘ladi (hozir viloyat komissiyasining tuman hokimining qarorini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan ham shikoyat qilinishi mumkin).
To‘rtinchidan, fermer xo‘jaligi boshlig‘i yer uchastkasini ijaraga olish huquqini o‘z oila a'zolaridan biriga berishi mumkin bo‘lgan asoslar ro‘yxati kengaytirildi. Ularga quyidagilar ham kiritildi:
• muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan;
• oliy ta'lim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan;
• saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan.
Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining tuman hokimi nomiga berilgan arizasiga ko‘ra ushbu huquq berilishi aniqlashtirib o‘tilgan.
Tuzatishlar 20.07.2018 yildan kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38
Mavzuga oid

12:06
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan

08:10 / 17.07.2025
Rossiya hukumati xorijliklarning aksiyalarni qaytarib sotib olishiga taqiqni ma’qulladi

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

16:44 / 08.07.2025