Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Soxta issiqxonalar» deb butun dunyoga sharmanda bo‘lgan Qashqadaryo viloyati hokimi hayfsan oldi

Ijtimoiy soha xodimlarining jamoat ishlariga majburiy jalb etilayotgani, bu borada ayrim mahalliy rahbarlar tomonidan qonunbuzarlik va ko‘zbo‘yamachilik holatlari kuzatilayotgani prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan jiddiy tanqid qilinmoqda.
17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot, ta'lim muassasalari xodimlari, talabalar va boshqa ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash, bu borada barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy mas'uliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Qashqadryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘ida yo‘l qo‘yilgan ko‘zbo‘yamachilikka, shuningdek, bundan buyon hech qachon o‘qituvchilar, shifokorlar, talabalar majburiy mehnatga jalb etilmasligiga va'da berdi.
«Barcha topshiriqlar tushunarli. Muhtaram Prezidentimizning 13 aprel kungi gaplaridan xulosa chiqardik.
Rostdan ham bizda ko‘zbo‘yamachiliklar bo‘lgan. Biz o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilmaganmiz, faqat issiqxonalarda ko‘zbo‘yamachilik qilingan deb yozishdi», deya hokim dastlab o‘zi tan olgan faktni inkor qilishga tutindi - Biz aslida plyonka ostiga ekkandik...»
Ammo uning gapini bosh vazir bo‘lib qo‘yadi: «Eslaringdan chiqarmasliklaring kerak - hozir biz axborot texnologiyalari zamonida yashayapmiz. Hammasini videoga olib, plyonkaning ostida nima bor, nima yo‘qligini ko‘rsatib qo‘yibdi. Ekilmaganiniyam. Bitta ko‘zbo‘yamachilikni deb butun dunyoga sharmanda bo‘ldingiz!».
Shundan so‘ng, Qashqadaryo viloyati hokimi barcha gaplar tushunarli bo‘lganini aytib, uzr so‘radi va bundan keyin viloyatda ko‘zbo‘yamachilik qilinmasligiga va'da berdi.
«Endi chuqur xulosa chiqaramiz. Hammasi yuz foiz tushunarli. Jamoatchilik ishlari uchun pullarimiz yetarli. Ijtimoiy soha xodimlari, o‘qituvchilar, talabalar majburiy mehnatga jalb qilinmaydi», degan viloyat hokimi.
Yig‘ilish davomida Zafar Ro‘ziyevga hayfsan e'lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, «Kun.uz» saytida fevral oyi oxirida Qashqadaryoda qo‘lbola issiqxonalar bilan prezidentga ko‘zbo‘yamachilik qilingani haqida videomaterial e'lon qilingandi.

Keyinroq, prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov bu vaziyat o‘rganilishini ma'lum qilgandi.
«Menimcha, bunday materiallar bo‘rttirilgan ma'lumotlar asosida. Chunki, borgan hududlarimizda ko‘rgan issiqxonalarimiz avvaldan bor issiqxonalardir. Material prezident o‘tadigan yo‘llar yoqalarida vaqtinchalik issiqxonalar qurilgani haqida bo‘lsa kerak. Agar rostdan o‘sha issiqxonalar hozir yo‘q bo‘lib qolgan bo‘lsa, buzib tashlangan bo‘lsa, buni aniqlab, tegishli choralar ko‘riladi. Lekin, agar o‘sha issiqxonalar prezident tashrifida qurilgan bo‘lsa ham, ozroq kutish kerak, agar o‘sha issiqxonalarda nimadir ekilgan bo‘lsa, u unib chiqishini kutish kerak», degandi Allamjonov.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Davlat organlarida ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalar birinchi rahbar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:29
-
Yana 6 ta metro bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
-
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 11:04
Mavzuga oid

15:06 / 28.12.2024
Jizzax viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

20:24 / 26.10.2019
Zafar Ro‘ziyevning yangi ish joyi ma'lum bo‘ldi

16:58 / 26.10.2019
Zafar Ro‘ziyevning ikki nafar o‘rinbosari ham ishdan ketdi. Ular tuman hokimligiga tushirilgan

10:15 / 26.10.2019