Jahon | 14:20 / 12.04.2018
17254
1 daqiqa o‘qiladi

Karter Trampni urush va yadro zarbalaridan voz kechishga chaqirdi

Foto: Getty Images

AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karterning ma'lum qilishicha, amaldagi davlat rahbari Donald Tramp harbiy harakatlar va yadro zarbalaridan istalgan yo‘l bilan qochishi kerak. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

«Men Tramp davlatimizni tinch saqlab qolishning uddasidan chiqishi va Shimoliy Koreya, Rossiya yoki Suriya bilan bog‘liq muammolarni yanada ko‘paytirmasligi yoxud chuqurlashtirishmasligiga umid qilmoqdaman», - deya aytib o‘tdi Karter.

Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Tramp shuni tushunishi kerakki, yadro zarbalari bilan istalgan holdagi almashuv insoniyat uchun falokat keltirib chiqaradi.

Mavzuga oid