Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerbergning AQSh senati oldidagi chiqishidan so‘ng Facebook aksiyalari 4,5 foizga o‘sdi

Foto: Reuters
Mark Tsukerbergning AQSh senati oldida ma'lumotlar tarqalishi bilan bog‘liq chiqishidan so‘ng Facebook kompaniyasi aksiyalari 4,5 foizga o‘sdi.
Tsukerberg Kongressda paydo bo‘lishi bilan kompaniya aksiyasi narxlari 2 foizga o‘sdi. 4,5 foizlik o‘sish 2016 yilning aprelidan buyon foizlarda o‘sishning eng yuqori ko‘rsatkichini qayd etdi.
10 aprel kuni Tsukerbergning moliyaviy holati 2,7 milliard dollarga oshib, 67 milliard dollarni tashkil qildi. Bloomberg Billionaires Index ko‘rsatkichlari shundan dalolat bermoqda.
Tsukerberg o‘z nutqini foydalanuvchilar oldida uzr so‘rashdan boshladi va ma'lumotlarning tarqalishi uning xatosi ekanini ta'kidladi. Senatning ijtimoiy tarmoq Fasebook'ning reklamasiz versiyasiga ro‘yxatdan o‘tishning to‘lov tizimini kiritishni rejalashtirayotgani yoki yo‘qligiga doir savoliga Mark "yo‘q" deya javob berdi. U bunday g‘oya kompaniya modeliga zid kelishini qo‘shimcha qildi.
Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, Cambridge Analytica bilan bog‘liq mojaro sabab kompaniya ichki tergov o‘tkazmoqda, u ijtimoiy tarmoqning foydalanuvchilar ma'lumotlari bilan ishlovchi ichki ilovalarini qamrab oladi.
Facebook rahbari ijtimoiy tarmoq butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar uchun GDPR (Ma'lumotlar muhofazasiga doir umumiy reglament) asosiy punktlarini amalga oshirishni rejalashtirayotganini qayd etdi.
U shuningdek ijtimoiy tarmoq Cambridge Analytica'ga 2015 yilda platformada reklama sotishni taqiqlashi kerak bo‘lganini, biroq bunday qilmaganini tan oldi. Kompaniya foydalanuvchilar ma'lumotlari yo‘q qilingani haqida xabar qilganidan so‘ng Facebook kompaniyasi Cambridge Analytica'ni bloklashni to‘xtatgandi — bu xato bo‘lgan, dedi Tsukerberg.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi
Iqtisodiyot | 07:50
-
Eron rasmiysi: Zangezur yo‘lagi «Tramp yollanma askarlari qabristoni»ga aylanadi
Jahon | 07:41
-
Hafta boshida harorat 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 07:32
-
O‘zbekistonda birinchi marta tungi yorug‘lik asosida iqtisodiy faollik baholandi
Iqtisodiyot | 07:17
Mavzuga oid

18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

22:38 / 30.01.2025
Meta kompaniyasi Trampga 25 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi

22:15 / 15.01.2025