Eron 3 ta davlat hududi orqali O‘rta yer dengiziga avtomobil yo‘li o‘tkazmoqchi – OAV

Foto: TINFO
Eron Tehronni Iroq, Suriya va Livan bilan bog‘lovchi va O‘rta yer dengiziga chiqishni ta'minlovchi avtomagistral qurmoqchi. Bu haqda “Al-Quds Al-Arabi” nashri ma'lum qildi.
Nashr manbalarining ma'lumotlariga ko‘ra, Eron uzunligi 1,7 ming kmlik yo‘lni qurish yuzasidan Bag‘dod va Damashqda ushbu davlatlar hukumatlari bilan ikki tomonlama kelishuvlar tuzgan. Ikki yil talab qiluvchi loyihani Eron kompaniyasi amalga oshiradi. Yo‘l Tehronni Suriya va Livandagi portlar va bu davlatlar poytaxtlari bilan bog‘laydi. Yo‘l bo‘ylab xavfsizlikka javob beruvchi 300 ta mobil politsiya punkti qurish rejalashtirilmoqda.
Loyiha qiymati va muddatlari oshkor etilmagan, biroq u foydalanishga kiritilgandan 5 yil o‘tib o‘zini oqlaydi. Tehron yangi yo‘ldan Eron mahsulotlarini Livan va Suriyadagi O‘rta yer dengizi portlariga tranzit qilish va ularni keyinchalik eksport qilish uchun foydalanmoqchi.
Biroq Eron tomondan bu haqda rasmiy izoh berilmagan.
Mavzuga oid

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

21:40 / 11.03.2025
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

10:07 / 11.03.2025
Suriyaning yangi hukumati kurdlar bilan kelishuv imzoladi

17:50 / 10.03.2025