Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya imom xatibi O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishga yordam beradi

Foto: «Istiqlol» jome masjidi /expedia.com
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan yurtimizning turizm salohiyatini yuksaltirish, xususan, ziyorat turizmini yanada rivojlantirish, bu borada halqaro tajribalar bilan yaqindan tanishish maqsadida qator turistik kompaniyalar vakillari, Islom tsivilizaciyasi markazi mutaxassislari, «Dunyo bo‘ylab» telekanali ijodkorlari bilan birgalikda Indoneziyaning Jakarta shahrida qator soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Delegatsiya a'zolari dastlab Jakarta shahridagi «Istiqlol» jome masjidi imom xatibi Nosiruddin Umar bilan uchrashishdi. Uchrashuvda Qo‘mita vakillari tomonidan mamlakatimizda so‘nggi oylarda ziyorat turizmi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv «Istiqlol» jome masjidi imom xatibi Nosiruddin Umar hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovlarning onlayn muloqoti bilan boshlandi.
Islom sivilizatsiyasi markazi mutaxassislari islom tamaddunida yurtimizning tutgan o‘rni, ulug‘ muhaddis Imom al-Buxoriy, At-Termiziylarning shu zamindan yetishib chiqqani, naqshbandiylik tariqati asoschisi Bahouddin Naqshbandning ilmi irfondagi o‘rni haqida so‘zlashishdi.
Masjid imom xatibi mamlakat prezidenti tomonidan tayinlanadi va u Indoneziyadagi barcha masjidlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ma'lumotlarga qaraganda, har yili Indoneziyadan 900 ming nafar kishi Umra ziyoratiga, 250 ming fuqaro Haj ziyoratiga boradi. Mamlakatda ziyorat turizmiga qiziqish juda katta.
«Istiqlol» jome masjidi imom xatibi Nosiruddin Umar O‘zbekistonga qilgan tashrifidan olgan ulkan taassurotlari haqida gapirib, indoneziyaliklar ziyorat qilish uchun hadeb Turkiya kabi davlatlarga boravermasdan, O‘zbekistonga, islom olamining tengi yo‘q olimu ulamolari yurtiga borishlari kerakligini takidladi. Bunga da'vat qilish uning vazifasi ekanligi, bu ezgu ishda u O‘zbekistonning vakiliga aylanishga tayyorligini qayta- qayta takrorladi. Buning uchun esa ikki tomonlama ana shunday aloqalarni yanada mustahkamlash, oliy o‘quv yurtlari orasida talaba almashish tajribasini qo‘llash taklifini bildirdi. Delegatsiya vakillari bu taklifni mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlab, kelgusi uchrashuvda bu borada amaliy takliflar bilan kelishlarini qayd etishdi.
Uchrashuv so‘nggida «Istiqlol» masjidining tarixi, uning mamlakat mustaqilligidan keyin bunyod etilgani uchun shunday nomlangani, u bugungi kunda diniy bag‘rikenglik ramzi bo‘lib kelayotgani, inshoot yonginasida katolik va protestantlik cherkovlari borligi haqida so‘zlab berildi.
Masjid hududi - 20 gektarga yaqin. Majmua yevropalik bosh me'mor Frederik tomonidan bunyod etilgani uchun ham unda Sharqu G‘arb uyg‘unligini ko‘rish mumkin. Mamlakatning ulkan masjidlaridan biri bo‘lgan bu muqaddas inshoot bir vaqtning o‘zida 200 mingdan ziyod namozxonni qabul qila oladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi
O‘zbekiston | 11:35
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
Mavzuga oid

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

18:54 / 23.07.2025
BAA o‘zbekistonlik sayyohlar uchun haydovchilik qoidalarini soddalashtirdi

21:28 / 22.07.2025
Indoneziyada prezident mushugiga qo‘riqchi tayinlanishi ortidan mojaro kelib chiqdi

21:16 / 21.07.2025