Rossiyaga bosimni kuchaytirish shart – Ukraina

Foto: EPA
Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkinning fikricha, Rossiyaga yanada kuchliroq siyosiy bosim o‘tkazish mumkin.
Bu haqda u Deutsche Welle’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Ko‘proq siyosiy bosim kerak. Rossiyaning noodatiy tahdidlariga: energetika, kibertexnologiyalar va boshqa sohalarda qarshi turish variantlari bo‘lishi mumkin», - deya ma'lum qildi Klimkin.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, «Rossiya tahdidiga» qat'iy javob talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Germaniya sobiq kansleriga nisbatan sanksiyalar joriy etishga chaqirgandi.