Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkak mashinasini qo‘yishga xalaqit qilayotgan “Jiguli”ning bir qismini kesib tashladi (video)

Foto: Videodan kadr
Internetda moskvalik bir erkak ko‘p qavatli uylar hovlisida turgan o‘zganing “Jiguli” mashinasining orqa qismini “bolgarka”da kesib tashlayotgani videosi jadal tarqalmoqda.
Videoda boshqa bir erkak mashinasining shikastlangan bamperini telefonga olayotgani va sal narida boshqa bir haydovchi “bolgarka” bilan noto‘g‘ri qo‘yilgan “Jiguli” yoniga borib, uning xalaqit qilayotgan qismini kesib tashlayotganini ko‘rish mumkin.
Jarayonni telefonga olayotgan erkak mashinani kesib tashlayotgan erkakdan u nima uchun bunday qilayotganini so‘raganda, “U har doim mashinasini shunday qo‘yadi. Men mashinamni boshqachasiga yana qanday qo‘ya olaman?”, deb javob qiladi.

Erkak mashinaning xalaqit qilayotgan qismini kesib tashlagach, mashinasini o‘ziga tegishli joyga muammosiz qo‘ygan.
Ushbu rolik Facebook foydalanuvchilari orasida jadal tarqaldi. Videoga berilgan izohlarda ko‘pchilik ushbu video sahnalashtirilgan, degan fikr bildirishgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘li hududlarida kichik va o‘rta gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin
O‘zbekiston | 10:37
-
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi
Jamiyat | 10:02
-
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i intizomiy javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston | 09:55
-
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi
Jahon | 09:54
Mavzuga oid

21:56 / 15.05.2025
Namanganda gaz zapravkada «Jiguli» yonib ketdi

14:40 / 10.10.2024
Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi

13:37 / 01.10.2024
Toshkent viloyatida “Jiguli” yonib ketdi

10:13 / 14.01.2024