Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada Polsha-O‘zbekiston SSP tashkil etildi

Foto: Wikipedia
O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Varshavada Polsha-O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi ro‘yxatdan o‘tkazildi, uning maqsadi ikki mamlakat ishbilarmonlariga biznes aloqalarni o‘rnatish va ehtimoliy biznes hamkorlarni izlashda yordam berishdan iborat. Bu haqda “Jahon” AA xabar bermoqda.
Qo‘shma SSP raisligiga polshalik taniqli tadbirkor, KOPAX P.K. kompaniyasi rahbari Pyotr Kozlovskiy saylandi, u to‘qimachilik sanoati sohasida o‘zbekistonlik sheriklar bilan 10 yildan ortiq vaqt davomida hamkorlik qilib kelmoqda.
Palatani tashkil etishga dastlabki sabablar haqida gapirar ekan, tadbirkor O‘zbekistonning yangi iqtisodiy kursi, barcha to‘siqlarning bartaraf etilishi va tashqi savdo uchun to‘liq imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek, Polshaga o‘zbek eksporti hajmi keskin o‘sayotgani va qo‘shma korxonalar sonining ko‘payganini ta'kidlab o‘tdi.
Palata Polsha-O‘zbekiston qo‘shma biznesini ochiq, ijtimoiy jihatdan mas'ul qilishga intiladi. U yirik iqtisodiy va sarmoyaviy forumlarning tashkilotchisi hamda faol ishtirokchisiga aylanadi, dedi P.Kozlovskiy.
Mavzuga oid

15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

14:05 / 06.03.2025
O‘zbekiston uchun xalqaro darajadagi 10 000 nafar moliya mutaxassisini qanday tayyorlash kerak?

19:29 / 06.09.2023