Chilonzorda Mercedes daraxtga kelib urildi, ikki kishi halok bo‘ldi

Foto: Illyustrativ foto
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 6 mart kuni soat 21.30larda Toshkent viloyati Zangiota tumani Eshonguzar QFY X.Nig‘mon ko‘chasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi “Mersedes-bents” rusumli avtomashinasini Bunyodkor shox ko‘chasida joylashgan “Avtotexxizmat” binosi oldida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Natijada avtomashina yo‘lovchilari O.A. va J.Q. jarohat olib, kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Avtomashina haydovchisi S.N.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

17:25 / 20.02.2025
Toshkentda mijozining yuziga jarohat yetkazgan kosmetolog jinoiy jazoga tortildi

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

16:50 / 18.02.2025
Toshkentda 37 tup daraxtni kesib ketgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

19:16 / 11.02.2025