Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorga shantaj qilgan firibgar ayollar ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: Illyustrativ foto
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorlikda Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan STANDART FOOD SALES xususiy korxonasining rahbari 1981 yilda tug‘ilgan S.N.ning tadbirkorlik huquqlarini himoyasiga oid arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tadbir davomida aniqlanishicha, «Z.» va «N.» ismli shaxslar unga tegishli bo‘lgan savdo do‘konida sun'iy ravishda janjal ko‘tarib, savdo do‘konidan xarid qilingan mahsulotlar uchun xarid cheki bermaganligi hamda moddiy va ma'naviy zarar undirish maqsadida Yuqorichirchiq tuman DSIga borib, ariza yozish bilan qo‘rqitib, evaziga tovlamachilik yo‘li bilan 10 million so‘m miqdorida pul talab qilishgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘tkazilgan tadbirda Parkent tumanida yashovchi muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan, uy bekasi, 1975 yilda tug‘ilgan G.R. va Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan, uy bekasi, 1960 yilda tug‘ilgan N.E.lar S.Ndan ushbu so‘ralgan pullarni 1.5 million so‘m miqdorida pul olishga kelishib, Yuqorichirchiq tuman DSI binosi yonida ushbu pul mablag‘larini olishgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanishdi.
Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
-
BMT bosh kotibi Turkmanistonga keldi
Jahon | 01:00
-
Armaniston sobiq bosh vaziri Jyennifer Lopes konsertiga qilingan xarajatlarni konstitutsiyaga zid deb atadi
Jahon | 00:46
-
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

09:51 / 13.02.2025
Sud Mixael Shumaxerning oilasiga nisbatan shantaj ishi bo‘yicha hukm chiqardi

11:42 / 23.01.2025
Mashhur oshxona brendlarini shantaj qilib, pul undirishda gumonlanayotgan 3 kishi qo‘lga olindi

22:32 / 25.06.2024
Germaniyada Shumaxer oilasini shantaj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

08:27 / 07.03.2023