«Real» yolg‘iz emas. «Espanol» bu mavsumda boshqa grandlarni ham yengdi

Ispaniya chempionatining 26-turida «Espanol» o‘z maydonida «Real»ni yengdi — 1:0, g‘alaba goli o‘yinning 93-daqiqasida urildi.
E'tiborli jihati, joriy mavsumda «to‘tiqushlar» jamoasi Ispaniya Kubogi doirasida «Barselona»ni ham yenggan (1:0), shuningdek, chempionat o‘yinida «Atletiko»dan ustun kelgan (1:0).
Shu tariqa, «Espanol» 1980/81 yilgi mavsumdagi natijasini takrorladi, o‘sha mavsumda ham jamoa Ispaniya chempionati yetakchilarining barchasini mag‘lubiyatga uchratgandi. Bundan tashqari, 1997/98 yilgi mavsumda bu jamoa ushbu 3 jamoaga o‘z uyida o‘tgan o‘yinlarda mag‘lub bo‘lmaslikni uddalagan.
Ayni vaqtda «Espanol» Ispaniya chempionatida 13-o‘rinda joylashgan.
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

12:56 / 24.02.2025