Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikadagi qishloqda hayratlanarli informatika darsi (foto)

Foto: Facebook/hottish.owura
15 fevralda Ganadagi qishloq maktabida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan dars beruvchi Ovuka Kvadvo Facebook’dagi sahifasida fanidan qanday dars berishiga to‘g‘ri kelishini namoyish qildi.
Ushbu maktabda kompyuterlar bo‘lmagani sababli, o‘qituvchi doskada Microsoft Word dasturi oynasi ko‘rinishini erinmay batafsil chizib chiqqan. O‘qituvchining aytishicha, unga buning uchun yarim soatcha vaqt ketgan.
O‘qituvchining aytishicha, “u bolalarni yaxshi ko‘radi va shu sababli ular informatika haqida taxminiy tushunchaga ega bo‘la olishadigan ish qilishga qaror qilgan”. Kvadvoning bu posti ijtimoiy tarmoqda jadal ommalashgan va foydalanuvchilar izohlarida o‘zlarining eski kompyuterlarini maktabga berishga tayyorliklarini bildira boshlagan.

Keyinroq suratlar Reddit forumida paydo bo‘lgan. Suratlarga qoldirilgan izohlarda ba'zi afrikaliklar bunday sharoitlarda o‘qitishgani yoki o‘qishganini eslab o‘tganlar. Bir foydalanuvchining ma'lum qilishicha, u bir necha yil avval shunga o‘xshash maktabda dars bergan. U yerda kompyuterlar xonasi bo‘lgan-u, biroq elektr ahyon-ahyonda yoqilgan. Uning ta'kidlashicha, texnikasiz darslarni o‘tish foydaliroq ham bo‘lgan, chunki bolalar chalg‘imaganlar.
Bir hind esa o‘zi o‘qigan maktabda bir oyda ikki marta maktabdagi yagona kompyuter oldiga olib borishlarini, biroq o‘qituvchi dars o‘tish o‘rniga kompyuterda o‘ynab o‘tirishini so‘zlab bergan. O‘quvchilar dasturlar haqida darsliklardagi rasmlardan tushunchaga ega bo‘lganlar. Hozirda esa bu hind dasturchi bo‘lib ishlashini qo‘shimcha qilgan.

Boshqa foydalanuvchilar esa vaziyatni hazil-mutoyiba bilan qabul qilishgan. Jumladan ular Word dasturidagi “skrepka” (yordamchi) ko‘rinishidagi kiyimda yana bir o‘qituvchi bo‘lishi va u sinfxonaga har bir necha daqiqada kirib turishi kerakligini aytishgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan xorijdan ko‘plab samimiy qutlovlarni oldi
O‘zbekiston | 19:26
-
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda til sertifikati talabi bekor qilinmadi
O‘zbekiston | 19:19
-
Rossiya armiyasi Xarkiv markaziga zarba berdi
Jahon | 18:52
-
Odessa ramziga aylangan bozor zarba ostida qoldi – fotosuratlar
Jahon | 18:37
Mavzuga oid

20:43 / 09.11.2024
Informatika fani o‘qituvchilari ham attestatsiya imtihonidan norozi

11:07 / 18.09.2023
«Orzum olimpiadada medal olish edi» - O‘zbekiston uchun tarixiy natija qayd etgan informatika olimpiadachilari bilan intervyu

14:59 / 11.09.2023
O‘zbekiston 2026 yilgi Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qilishi mumkin

15:16 / 03.09.2023