Angliya kubogi. Chorak finalning dastlabki ishtirokchilari aniq bo‘ldi

Foto: Getty Images
Angliya kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda APLning ikki vakili quyi liga jamoalariga qarshi maydonga tushdi.
«Chelsi» «Hall Siti»ni uyida qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Jamoa o‘yin taqdirini birinchi bo‘limdayoq hal qildi. Villianning dubli, Pedroning goli va Olive Jiruning «Chelsi»dagi ilk goli evaziga Konte shogirdlari yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuningdek yana bir uchrashuvda «Lester» «Sheffild Yunayted»ni qabul qilib, Jyeymi Vardining yagona goli evaziga g‘alaba qozonib chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Nimchorak finalning qolgan uchrashuvlari bugun, ertaga va dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Angliya kubogi
1/8 final
Chelsi – Hall 4:0 (4:0)
Gollar: 1:0 – 2 Villian, 2:0 – 27 Pedro, 3:0 – 32 Villian, 4:0 – 42 Jiru.
Chelsi: Kabalero, Dzappakosta, Keyxill, Ryudiger, Emerson, Fabregas (Skott, 62), Ampadu, Villian, Drinkuoter, Pedro (Xadson-Odoi, 46), Jiru (Morata, 70).
Hall: Marshall, Douson, Klark, Makdonald, Irvayn (Betti, 88), Meyler, Uilson (Toral, 55), Evandro, Styuart, Diko (Kempbell, 72), Diomande.
Ogohlantirishlar: Styuart (33), Skott (82), Irvayn (86).
Lester – Sheffild Yunayted 1:0 (0:0)
Gol: Vardi (66).
Lester: Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Simpson, Maguayr, Grey, Iborra, Ndidi, Marez (Djyeyms, 90), Ixeanacho, Vardi (Olbrayton, 84).
Sheffild Yunayted: Blekmen, O`Konnell, Rayt (Evans, 76), Stivens, Lafferti, Landstrem, Bashem, Karruters (Daffi, 76), Boldok, Donaldson, Uilson (Bruks, 46).
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

19:18 / 08.02.2025
Angliya kubogi. Husanov gol kiritgan o‘yinda «Manchester Siti» kambek qilib, 1/8 finalga yo‘llanma oldi

11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari

01:58 / 26.01.2025