Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 soat operatsiya qilingan bemor va donor-akaning ahvoli qanday? Shifoxonadan KUN.UZ maxsus reportaji

Foto: KUN.UZ
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda tibbiyot sohasida qator islohotlar o‘tkazilmoqda. Aholining salomatligini yaxshilash, kasalliklar profilaktikasi va tibbiyot xodimlarining malakalarini oshirish yo‘lida qator ishlar qilinmoqda. Shunday xayrli ishlardan biri Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va topshirig‘i bilan mamlakat tibbiyoti tarixida ilk bor organlar transplantatsiyasi bo‘yicha zamonaviy operatsiyalarni amalga oshirish boshlangani bo‘ldi. Hozirda soha faoliyatining huquqiy asosi mustahkamlanmoqda.
O‘tgan yildan boshlab Akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida yaqin qarindoshlar o‘rtasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazib kelinmoqda. Minglab yurtdoshlarimiz bu markazga jigar xastaligi bilan murojaat qilishgan va ularning aksariyati shifo topgan, ba'zilari kasallik natijasida hayotdan ko‘z yumgan.
Kuni kecha yurtimizda olamshumul voqea sodir bo‘ldi - ushbu jarrohlik markazida O‘zbekistonda ilk bor jigar transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu bugungi kundagi tibbiyot sohasidagi islohotlar samarasi natijasidir.
Parkentlik 26 yoshli bemor Ubaydulla Dadaxo‘jayev uzoq yillardan beri jigar sirrozi xastaligidan aziyat chekardi. Uning ahvoli kundan-kunga yomonlashar va dori-darmonlar bilan davolash deyarli imkonsiz darajaga kelgandi. Shifokorlarimiz o‘z mahorati, bilim va amaliy tajribasi bilan bir inson hayotini saqlab qolishdi va bu bilan minglab bemorlarga umid bag‘ishlashdi.
Tibbiyot fanlari doktori Mirshavkat Akbarovning so‘zlariga ko‘ra, biror mamlakat tibbiyot darajasini unda transplantatsiya amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganidan bilsa bo‘ladi. Yaqin kunlargacha O‘zbekistonda organlar transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonun yo‘q edi, bu esa bunday amaliyot o‘tkazish huquqi bo‘lmagan degani. Prezidentning sa'y-harakatlari natijasida shunday huquqiy asos paydo bo‘ldi.

"Biz taxminan 15 yil ilgari transplantatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaganmiz. Qonun yo‘qligi uchun har yili ruxsat berilishini kutar edik. MDH davlatlaridan Rossiya, Ukraina, Belarus, hatto qo‘shni Qozog‘isiton va Tojikistonda organlar transplantatsiyasi bizdan avvalroq yo‘lga qo‘yildi. Tegishli qonun yo‘qligi sabab bu borada biroz orqada qolgandik. Biroq bugun faxr bilan aytish mumkinki, hozirga qadar Akademik Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi tomonidan 80 ga yaqin buyrak transplantatsiyasi o‘tkazildi", - deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uch kun avval RFning eng transplantatsiya rivojlangan markazi - V.I.Shumakov nomidagi Transplantologiya institutining akademik Gote boshchiligidagi tajribali olimlari o‘zaro kelishuvlar asosida taklif qilingan. Birinchi operatsiya yanada muvaffaqiyatli chiqishi uchun bu borada katta tajribaga ega olimlar bilan ishga kirishishga qaror qilingan va juda murakkab jigar transplantatsiyasi amalga oshirilgan. Ta'kidlanishicha, barcha organlar orasida aynan jigar transplantatsiyasi eng murakkabi hisoblanadi.
"Biz hozir yaqin qarindoshlardan jigarning bir bo‘lagini olib o‘tkazish haqida gapiryapmiz. Bizda hozircha murdadan jigarni transplantatsiya qilib o‘tkazish yo‘lga qo‘yilmagan, Umid qilamizki, yaqin kelajakda murdadan organlar transplantatsiyasiga ham ruxsat etilsa, operatsiya (yaqin qarindoshlardan ko‘chirib o‘tkazilgan organ bo‘laklariga) nisbatan osonroq kechadi", - deydi doktor.
Mirshavkat Akbarovning qayd etishicha, yuqoridagi ikki transplantatsiya usuli ham dunyodagi eng murakkab operatsiya turlariga kiradi va o‘rta hisobda 40-50 ming dollardan 150-200 ming dollargacha narxlanadi. Bu juda ko‘p omillarga bog‘liq. Bu jarrohlik amaliyotidan avval juda ko‘p uskunalar, jihozlar sotib olingan, hatto rossiyalik mehmonlar ham sharoitlarni ko‘rib hayron qolgan. Shu bois operatsiyaning o‘zi og‘ir kechgan bo‘lsa-da, shart-sharoitlar borasida muammolar bo‘lmagan.

"Albatta, bu operatsiya salkam 15 soat davom etdi. Operatsiya o‘zi uch bosqichdan iborat. Birinchisi - bemorning yaqin kishisidan, bu holatda bemorning akasidan jigarning katta - o‘ng tomondagi bo‘lagi olindi, bu jarayonning o‘ziga 4-5 soat kerak bo‘ladi. Ikkinchisi - bemorning kasal jigari butunlay olib tashlandi, bunga ham 5-6 soat vaqt ketadi. Tayyorgarliklardan (jigar ko‘p marta yuvilganidan) keyin jigar xastalangan organning o‘rniga o‘tkazildi. Bu gapirishga oson, biroq juda murakkab va uzoq jarayon", - deydi shifokor.
Uning aytishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va bugunga kelib donor - sog‘lom akaning ahvoli kutilganidan-da yaxshi, u palataga o‘tkazilgan. Shu bilan birga jigar ko‘chirib o‘tkazilgan bemorning ahvoli ham yaxshi - uning biokimyoviy tahlil natijalari, umumiy qon tahlillari ko‘rsatkichlari yaxshi tomonga o‘zgarib bormoqda, u yurishni boshlagan, oshqozon-ichak trakti faoliyati tiklangan. Shifokor uning yaqin kunlarda oilasi bag‘riga sog‘lom farzand bo‘lib qaytishiga umid bildirdi.
"Butun oila jigar sirrozi natijasida farzandini yo‘qotish xavfi bo‘lgan fojiadan qutuldi. Albatta, bemor uzoq reabilitatsiyaga muhtoj bo‘ladi. Uni mahalliy tibbiyot birlashmasi o‘z vaqtida patronaj xizmati ko‘rsatib, dori-darmonlarni vaqtida berib, ularni kuzatib turishdan tashqari, ukasiga jigar bo‘lagini bergan aka bizning kuzatuvimizda bo‘ladi va o‘ylaymizki, kelajakda sog‘lom farzand bo‘lib, xalqimizga xizmat qiladi", - dedi shifokor.
KUN.UZ muxbiri Xurshid Daliyev donor-aka holidan xabar olib, uning ham suhbatini olishga muvaffaq bo‘ldi. "Operatsiyaning ertasi kuniyoq yurib ketdik. Men ancha yaxshiman. Ukam ham yaxshi, o‘zi bemalol harakatlanyapti".
Akaning so‘zlariga ko‘ra, u jigarni berish qaroriga kelganda faqat yaxshi tomonini o‘ylagan, hozirda aka-uka shifokorlar nazorati ostida.
You Tube

Tas-IX
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

12:07 / 12.07.2025
Jigar kasalliklarini operatsiyasiz davolash usuli topildi

18:41 / 25.06.2025
AQShda robot ko‘krak qafasini ochmasdan birinchi yurak transplantatsiyasini amalga oshirdi

00:42 / 10.11.2023
Dunyoda birinchi marta ko‘z transplantatsiyasi amalga oshirildi

22:20 / 26.07.2023