Apple AirPods simsiz quloqchinlari foydalanish chog‘ida portlab ketdi

Foto: Mashable
AQShning Floridasida yashovchi Jyeyson Kolonning xabar qilishicha, Apple AirPods quloqchinlaridan biri mashg‘ulotlar vaqtida portlab ketgan. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.
Kolon o‘ng qulog‘idagi, musiqa ijro etilayotgan simsiz quloqchini oq tutun chiqara boshlaganida fitnes-klubda sport bilan shug‘ullanayotgan bo‘lgan. Erkak uni qulog‘idan chiqarib, trenajyorda qoldirgan va ma'muriyat xodimiga yordam so‘rab murojaat qilgan. U qaytib kelganida esa, qurilma portlab ketib bo‘lgan – Kolonning ma'lum qilishicha, quloqchinda olov izlari qolgan.
Bu Apple AirPods kutilmaganda portlab ketishi kuzatilgan ilk shunday holatdir. Kompaniya surishtiruv o‘tkazish va hodisaga nima sabab bo‘lganini aniqlashga va'da berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone X egalari qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishda muammolarga uchrayotganlaridan shikoyat qilishgandi.
Mavzuga oid

18:01 / 14.10.2024
Aqlli ko‘zoynak va kamerali AirPods: yaqin yillarda Apple’dan qanday mahsulotlarni kutish mumkin?

14:50 / 08.07.2024
“Xuddi quloqchin kabi” - ixcham havo tozalagich taqdim etildi

07:33 / 08.06.2022
Uzbekistan Airways samolyot bortida quloqchinlar yo‘qligiga izoh berdi

22:02 / 01.12.2021