Fotogalereya: Singapurda samolyotlar musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
Dunyoning eng zamonaviy davlatlaridan biri Singapurda butun dunyodan olib kelingan samolyotlar ishtirokida o‘ziga xos shou o‘tkazilmoqda.
2008 yildan buyon o‘tkazib kelinadigan Singapore Airshow - aviakompaniyalar orasida juda mashhurdir. Dunyoning deyarli barcha yirik aviakompaniyalari unda o‘z samolyotlari bilan ishtirok etadi. Harbiy samolyotlar ham shu jumladan.
Bu yilgi shou 6 fevraldan 11 fevralgacha bo‘lgan kunlarida o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Ko‘pchilikning e'tiborini Braziliyaning Embraer korxonasi ishlab chiqargan Embraer 190-E2 samolyoti o‘ziga tortdi. Janubiy amerikaliklar bu samolyotning old tomonini yo‘lbars kabi bezab, ajoyib ko‘rinishga keltirishgan.
Quyida Singapurda davom etayotgan ajoyib musobaqadan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid

21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi

11:53 / 11.02.2025
Singapurda harbiy dengiz dronlari navbatchilik qilishni boshladi

21:28 / 27.01.2025
“Men xalqimni tanladim” - Singapurning otasi Li Kuan Yu kim edi?

18:00 / 27.01.2025