«Arsenal» Sanchessiz yirik g‘alabaga erishdi

Angliya premer-ligasining 24-turida «Arsenal» «Kristal Pelas»ni qabul qildi.
O‘yinni maydon egalari ko‘tarinki ruhda boshlashdi va 13 daqiqada 3 gol urildi. Avvaliga Monreal hisobni ochdi, keyin u Ivobi va Koselnini golli paslar bilan ta'minladi. 22-daqiqaga kelib esa Aleksis Sanchessiz o‘yindagi to‘rtinchi gol urildi - Aleksandr Lyakazet gol muallifi. 34-daqiqada Nacho Monreal jarohat tufayli maydonni tark etdi va uning o‘rniga Meytlend-Naylz tushirildi.
Ikkinchi bo‘lim oxirida Milivoyevich «Kristal Pelas»ning yagona javob golini urdi - 4:1.
Endilikda, «Arsenal» ochkolari sonini 42taga yetkazib, oltinchi o‘rinda ketmoqda, «Kristal Pelas» esa 25 ochkosi bilan 12-o‘rinda.
Angliya chempionati
24-tur
Arsenal – Kristal Pelas 4:1
Gollar: 1:0 – 6 Monreal, 2:0 – 10 Ivobi, 3:0 – 13 Koselni, 4:0 – 22 Lyakazett, 4:1 – 78 Milivoyevich.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal (Meytlend-Naylz, 34), Bellerin, Koselni, El-Nenni, Chaka, Uilsher, O‘zil (Nelson, 72), Ivobi, Lyakazett.
Kristal Pelas – Hennessi, Tomkins, Kelli, van Anxolt, Fosu-Mensa, Milivoyevich, Makartur, Kabay, Sako, Zaa, Benteke.
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:35 / 23.02.2025
«Arsenal» poygadan chiqmoqda, «Barselona» revansh oldi. Kun o‘yinlari

10:26 / 20.02.2025