Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida ichimlik suvi uchun to‘lov oshirildi

Foto: NASA
Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov qaroriga ko‘ra, poytaxtdagi ichimlik suv ta'minoti xizmatlari tariflariga 100 so‘m/m kub. miqdorida maxsus ustama haq belgilandi. Bu haqda shahar hokimi joriy yilning 12 yanvar kuni imzolagan 69-son qarorida shunday deyiladi.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrida 1 m.kub suv uchun endilikda 600 so‘m to‘lanadi. Gap shundaki, Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalaridan biri sifatida ichimlik suv ta'minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq belgilanishi nazarda tutilgandi. Aynan mana shu vazifani bajarish maqsadida ichimlik suvi uchun to‘lanadigan narx oshirilmoqda.
Qarorda aynan qaysi toifa iste'molchilar maxsus ustama haq bilan qayta hisoblangan narx bo‘yicha ichimlik suviga pul to‘lashi ko‘rsatilmagan. Demak, bu barcha uchun birdek tatbiq etilishi rejalashtirilgan. Ichimlik suvi hisoblagichini o‘rnatmagan iste'molchilardan suv ta'minoti xizmati uchun oshirilgan miqdorda, ya'ni 1,5 barobarda to‘lov undiriladi. Masalan, bir oyda maxsus ustama haq bilan hisoblaganda o‘rtacha 9948,5 so‘m to‘laydi.
Ichimlik suv ta'minoti xizmatlari tariflariga belgilangan maxsus ustama haq summasi maqsadli tushum hisoblanadi, barcha soliq turlarini va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilmaydi, shuningdek, suv ta'minoti tashkilotlarining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilmaydi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan
Turizm | 09:05
-
Kiyevda hakerlar forumi ma’muri qo‘lga olindi
Jahon | 08:40
-
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaning Mersin viloyatida ishga joylashtiriladi
Jamiyat | 08:20
-
Putin tashkilotlarni «ekstremistik» deb tan olishni soddalashtirdi
Jahon | 08:01
Mavzuga oid

21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan

11:30 / 08.04.2025
Raqobat qo‘mitasi avtoturargohlardagi noqonuniy to‘lovlar haqida xabar berishga chaqirdi

15:36 / 20.03.2025
21−22 mart kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov qilishda uzilishlar bo‘ladi

16:12 / 23.12.2024