Tuzning asosiy xavfi haqida ma'lum qilindi

Foto: Fotolia
Amerikalik olimlar tuzni doimiy ravishda me'yordan ortiq iste'mol qilish ichakning immun tizimida o‘zgarishlarni keltirib chiqarishini aniqlashdi, bu esa insonnning kognitiv funksiyalari degradatsiyasiga olib keladi. Nature Neuroscience'da shu haqidagi ma'lumot taqdim etildi.
Mutaxassislar uch hafta davomida xlorid natriyni me'yordan ortiq iste'mol qilish endotelial disfunksiya, miya qon oqimining kamayishi va kognitiv tizimdagi buzilishlarga olib kelishi, lekin arterial qon bosimini o‘zgartirmasligini qayd etishdi.
Tuz miqdori yuqori bo‘lgan parhez ichakdagi T-xelperlar soni va ular tomonidan interleykin-17 molekulalarining ishlab chiqarilishini oshiradi. Mualliflar qon oqimidagi interleykin-17'ning o‘sishi mazkur parhezning miyadagi qon aylanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishini qayd etishdi.
Olimlar sichqonlarni kuzatish davomida shunday xulosalarga kelishdi. Olingan natijalar, mualliflarning ta'kidlashicha, odamlarga ham muvofiq keladi. Mutaxassislar kemiruvchilar normal ovqatlanish rejimiga qaytgan taqdirda, tuz miqdori yuqori bo‘lgan parhezning salbiy natijalari chekinganini ta'kidlashdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bir kunda 5 grammdan ko‘p tuz iste'mol qilmaslikni tavsiya qiladi. Bu yiliga taxminan 2,5 million o‘lim holatlarining oldini olishi mumkin.
Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, sayyora aholisining yarmidan ko‘pi har kuni 80-140 foizga ko‘p xlorid natriy iste'mol qiladi. Ortiqcha tuz inson organizmiga asosan non, quruq nonushta va iste'molga tayyor taomlar bilan birga kiradi.
Mavzuga oid

20:10 / 11.03.2025
JSST: Har yili havo ifloslanishi oqibatida 7 millionga yaqin odam vafot etmoqda

00:47 / 07.03.2025
JSST: 1 mlrd inson eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

16:42 / 21.02.2025
AQSh BMT tarkibidan chiqish va uni moliyalashtirishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqadi

23:03 / 11.02.2025