Amerikalik juftlik 13 farzandini zanjirband holda ushlab turgan

Foto: Brian Carpani / Wichita PD
Kaliforniyada yashovchi amerikalik juftlik 13 farzandini zanjirband holda ushlab turgani aniqlandi. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lum qildi.
Politsiyada ma'lum qilinishicha, 14 yanvarda bolalardan biri qochishga muvaffaq bo‘lgan va shundan keyin politsiya bilan bog‘lanib, ota-onasi uning aka-singillarini zanjirband holda ushlab turganini ma'lum qilgan. Politsiyachilar juftlikning uyiga kelganda karaxt holga soluvchi vaziyatning guvohi bo‘lishgan: bir necha bola qorong‘i va badbo‘y xonada zanjirband holda bo‘lganlar. Juftlik nima uchun farzandlarini bunday xo‘rlaganining sababini tushuntirib bera olmagan.
Politsiyada ma'lum qilinishicha, bolalarning yoshlari 2 yoshdan 29 yoshgacha. Ularning barchasi politsiya bo‘limiga yetkazilib, so‘roq qilinganlar. Juftlik hibsga olingan, ular qiynoqqa solishda va bolalar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lishda ayblanmoqdalar.
Hozirda jabrlanuvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonalarga jo‘natilganlar.
Mavzuga oid

20:14 / 27.01.2025
Kaliforniyada AQSh tarkibidan ajralib chiqish tarafdorlari imzo to‘play boshladi

18:54 / 17.01.2025
Kaliforniyada dunyodagi eng yirik akkumulyator zavodlaridan birida yong‘in chiqdi

16:37 / 16.01.2025
Maskning yordami - milliarder Kaliforniyadagi yong‘in hududlariga Wi-Fi'dan bepul foydalanish imkoniyatini berdi

16:06 / 14.01.2025